Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filialiga 29 yoshli fuqaro qorin sohasida kuchli og‘riq bilan keltirildi.
Shoshilinch qabul bo‘limida o‘tkazilgan diagnostika va laboratoriya tahlillariga ko‘ra, bemorning me’da ichak tizimida katta miqdorda temir jismlar, xususan, mix va samorezlar borligi aniqlandi.
Bemorda shoshilinch tarzda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi lozimligini belgilab oldik, - deydi markazning oliy toifali shifokori Yo‘ldosh Kuliyev. – Operasiyaga tayyorlashning barcha jarayonlaridan so‘ng laparatomiya, gastrostamiya usulida jarrohlik o‘tkazildi. Bemor qorin bo‘shlig‘idan katta miqdorda, ya’ni qariyb 200 gramm atrofidagi metall jismlar olib tashlanishiga erishildi. Amaliyot bir soatlar vaqt davom etdi. Ayni paytda bemorning ahvoli yaxshi, bemalol erkin harakatlanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra erkak qattiq stressga tushgan va o‘z xatti-harakatlarini nazoratga olmagan holda ushbu jismlarni yutgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.