«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 18-turida «Espanyol»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yin (2:0) haqida fikr bildirdi.
«Uch ochkodan qoniqdim va xursandman. O‘zgartirishimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor, ammo yakunda natijadan mamnunman. “Espanyol” juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, ajoyib derbi muhiti hukm surdi — bu menga yoqdi. Rostini aytsam, biz g‘alabaga loyiq emas edik, ammo almashinuvlardan keyin maydonga tushgan o‘yinchilarning sifati uchrashuv taqdirini hal qildi, va men bundan xursandman», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi "Barca Universal".
Ispaniya chempionatida 19 ta uchrashuvdan so‘ng «Barselona» 49 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «Espanyol» esa 18 ta o‘yindan keyin 33 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.