Tojikiston Prezidenti ijro apparati rahbari, prezident Imomali Rahmonning qizi Ozoda Rahmon Moskvada sodir bo‘lgan fojiali voqea ortidan 10 yoshli Qobiljon Aliyevning onasi Nilufar Safoyevaga 300 ming somoniy (taxminan 30 ming AQSh dollari) miqdorida moddiy yordam taqdim etdi. Bu haqda «Xovar» davlat axborot agentligi xabar berdi.
Rasmiylarga ko‘ra, ushbu tashabbus jamiyatda birdamlik, mehr-oqibat va insoniy qadriyatlarni namoyon etish maqsadini ko‘zlaydi.
Avvalroq Tojikiston hukumati Qobiljonning onasiga uy sovg‘a qilgan, shuningdek, tadbirkor Umar Alimatov uni oyiga 10 ming somoniy maoshli ish bilan ta’minlash majburiyatini olgani ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni Moskva viloyatidagi maktabda 15 yoshli o‘quvchi hujumi oqibatida 4-sinfda tahsil olayotgan Qobiljon Aliyev halok bo‘lgan edi. Mazkur holat keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lib, Tojikiston va Rossiya rasmiylari voqeani keskin qoralagan, aybdorlar qonun oldida javob berishi ta’kidlangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.