World Boxing tashkiloti 2026 yil 1 yanvardan boshlab o‘zi o‘tkazadigan musobaqalarda ishtirok etadigan barcha bokschilar (ham erkaklar, ham ayollar) uchun gender testdan o‘tishni majburiy qilib qo‘ydi.
Ilgari bu talab faqat ayollar uchun amal qilgan - u 2025 yil 20 avgustdan kuchga kirgan va birinchi marta sentyabr oyida Liverpul (Buyuk Britaniya) shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida qo‘llanilgan. Shu sabab bilan, xususan, Fransiya jamoasi musobaqaga qo‘yilmadi, chunki fransuzlar tahlil topshirgan laboratoriya uning natijalarini kerakli muddatda tayyorlashga ulgurmagandi.
Barcha bokschilar uchun gender testini joriy etish ularning xavfsizligi haqida qayg‘urish va musobaqalarning barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni ta’minlash zarurati bilan izohlanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.