Saida Mirziyoyeva ekologik vaziyatni yaxshilash haqida: "Barcha imkoniyatlarni safarbar qildik. Nima kerak bo‘lsa, prezidentdan „dobro“ oldik"

Saida Mirziyoyeva ekologik vaziyatni yaxshilash haqida: "Barcha imkoniyatlarni safarbar qildik. Nima kerak bo‘lsa, prezidentdan „dobro“ oldik"

O‘zbekiston Prezidenti administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Kirill Altmanning Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida davlat ekologiyani himoya qilish uchun qanday safarbarlik ishlarini tashkil etgani haqida gapirdi. Barqaror samaraga erishish faqat kundalik odatlar o‘zgarganidagina — ham fuqarolar, ham biznes tomonidan — mumkin bo‘ladi, dedi u.

«Bu — natijasi darhol ko‘rinmaydigan loyihalar»

O‘z mas’uliyat doirasiga kiruvchi ijtimoiy loyihalar va ularning samaradorligini qanday baholashi haqidagi savolga javob berarkan, Saida Mirziyoyeva tashabbuslarning aksariyati uzoq muddatli ekanini qayd etdi.

«Men barcha loyihalarimni kuzatib boraman, lekin ko‘p loyihalarim juda uzoq muddatli. Aytaylik, ta’lim, tibbiyot — bular shunday loyihalarki, natijasini bugun yoki ertaga qo‘l bilan ushlab, ko‘rib bo‘lmaydi. Bunga yillar kerak», — dedi u.

Ekologiya sohasidagi tashabbuslar ham shunday loyihalar sirasiga kiradi. Poytaxtdagi noqulay ekologik vaziyat jamiyatda yillar davomida muhokama qilib kelingan. Noyabr oyi oxirida prezident havo sifatini yaxshilash bo‘yicha shoshilinch chora-tadbirlar majmuini tasdiqlagandi.

«Biz barcha imkoniyatlarni safarbar qildik. Bizga nima kerak bo‘lsa, prezidentdan „dobro“ oldik. O‘sha oqshomning o‘zidayoq u kishi qo‘llab-quvvatladi. Biz shunchaki ekologiyani eng muhim masalaga aylantirdik, barcha kuchlarni safarbar etdik va hammasini qat’iy nazoratga oldik. Esingizda bo‘lsa, reydlar va shunga o‘xshash tadbirlar bo‘ldi. Nazarimda, bularning bari shunday tezkor natijalarga olib keldi».

Ekologiya mavzusiga shaxsiy munosabati haqida gapirarkan, Saida Mirziyoyeva kundalik hayotdan misol keltirib, uning uyida havo sovib ketganda ham isitish tizimi balandlatilmasligini aytdi.

«Mana, ayni damda tashqarida havo salqin, uylarda isitish tizimlari ishlab turibdi. Men esa uyimni isitmayapman… Uyimiz nimaga buncha sovuq, degan savolga men tejash va ekologiyani asrash kerak, deb javob beraman», — dedi u.

«Biz uy issiq bo‘lishi kerak deb o‘rganib qolganmiz, aslida esa 21−23 daraja — bu ajoyib, eng maqbul harorat. Barcha shifokorlar shuni tavsiya qiladi. Bolalar ham chiniqadi», — deya qo‘shimcha qildi Saida Mirziyoyeva.

«Evropada hamma joyda odamlar uyda qalinroq kiyinib yuradi, biz esa uyda yupqa kiyinishga o‘rganganmiz — uy issiq, hatto qaynoq bo‘lishi kerak… Yaqinda Germaniyada bo‘ldim — u yerda yo‘laklar, pod’ezdlar umuman isitilmas ekan. Vannaxonalar sovuq. Koreyada bo‘ldim — dahshatli darajada sovuq, lekin madaniyat shunaqa. Menimcha, biz ham shu madaniyatga kelishimiz kerak».

«Men o‘zimdan, farzandlarimdan boshladim. Bizda hammasi uyimdan boshlanadi. Tajriba quyonchalari. Hammalari onalari islohotchi ekaniga o‘rganib bo‘lgan», — dedi u.

«Ekologiya — biznes yuritish madaniyati»

Ekologiya sohasida qabul qilingan choralar barqaror bo‘lishi va havo sifati yomonlashishi takrorlanmasligi uchun nima qilish kerakligi haqidagi savolga javoban Saida Mirziyoyeva biznes va tizimli o‘zgarishlarning rolini ta’kidladi.

«Hozir biznesga ekologiya muhim ekanini maksimal darajada o‘rgatyapmiz. Korxonalar filtrlar o‘rnatishi shart. Ekologiya muhim. Bu — shunchaki madaniyat, ham davlat, ham xususiy biznes yuritish madaniyati».

Uning aytishicha, korxonalar bilan ishlash allaqachon samara bermoqda: «Biz biznes bilan — xususiy va davlat sektori bilan — biroz ishladik. Hamma joyda filtr o‘rnatishga majbur qilyapmiz va bu natija beryapti».

«Mashinalar bilan bog‘liq vaziyat ham shunga o‘xshash. Xalq tushunishi kerak, mas’uliyatni zimmasiga olishni, o‘zidan boshlashni o‘rganishi kerak… Mashinalar bo‘yicha ham ishlaymiz», — qo‘shimcha qildi administrasiya rahbari.

«Esingizdami, kovid (pandemiyasi) paytida ekologiya qanaqa edi? Qushlar sayrardi. Musaffolik. Demak, bularning bariga erishsa bo‘ladi», — dedi u.

Saida Mirziyoyeva, shuningdek, har tong dunyo mamlakatlaridagi havo ifloslanishini ko‘rsatuvchi yirik IQAir servisini tekshirishini ma’lum qildi. Kuzning ayrim kunlarida Toshkent havo sifati bo‘yicha antireyting yetakchilari qatorida bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

Rossiya yaqinlashmoqda

DeepState таҳлилий ресурсининг янгиланган маълумотларига кўра, Россия қўшинлари Донецк вилоятининг бир қатор ҳудудларида олдинга силжиган.

Polsha nashri Alisher Usmonovning singlisi muhokama etilgan Lavrov va Siyyarto o‘rtasidagi suhbat yozuvini e’lon qildi

Айни пайтда мазкур аудиоёзув Европа ва Украина матбуотида кенг муҳокама этилмоқда.

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

Eron Isroilga eng yirik raketa hujumini amalga oshirdi

Бу ҳақда Исроил Мудофаа Кучлари матбуот котиби идораси маълум қилди.

Eron hammani va hamma narsani bombardimon qilmoqda

Эрон ОАВларининг хабарларига кўра, Баҳрайндаги Америка объектлари ва базаларида 8 тадан ортиқ кучли портлашлар юз берган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Tramp Makronning rafiqasi bilan munosabatlari haqida hazil qildi

Оқ уйдаги тадбирда Америка етакчиси Франция етакчисининг рафиқаси унга ёмон муносабатда бўлиши ҳақида ҳазиллашди.

"AQSh Isroilning qo‘g‘irchog‘i sifatida Tehronga qarshi urushga kirdi"

Қўшма Штатларнинг Эрон инфратузилмасига ҳужумлари Эрон халқига қарши қаратилган ва ҳарбий жиноят ҳисобланади

"NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida AQShga yordam berishga majbur emas"

Унинг сўзларига кўра, Франция Ҳўрмуз бўғози орқали кемалар ҳаракатини тиклаш бўйича ишлаш тарафдори, аммо бу ҳужумкор тарзда бўлмаслиги керак.

Trampga Erondagi yarim tonna uranni qo‘lga kiritish rejasi topshirildi

Бу тарихдаги энг йирик ва мураккаб махсус амалиётлардан бири, балки энг йириги бўлади.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.

Xitoy va Pokistondan tashabbus: Eron atrofidagi urushni to‘xtatish rejasi taklif etildi

Хитой ва Покистон Эрон атрофидаги можарони бартараф этиш мақсадида қўшма тинчлик ташаббусини илгари сурди.

Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi. Tehron javob qaytardi

АҚШ президенти Доналд Трамп бугун Теҳрон Вашингтондан сулҳ сўраганини эълон қилди.

Trampning bayonoti: Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ядровий қуролга эга бўлмаслигини қатъий таъкидлади.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Evropadan tanqid: Zelenskiy mablag‘larni juda tez sarflamoqdami?

Европа Иттифоқи доирасида Украинага ажратилаётган маблағлар юзасидан танқидлар янграмоқда.