AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Tommi Pigott yozma bayonotida ma’lum qilindi.
Pigottning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Yamanda davom etayotgan keskinlik hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi masalalarni muhokama qilgan.
Saudiya Arabistoni avvalroq BAAni Yaman hukumati talablarini bajarishga va 24 soat ichida o‘z qo‘shinlarini respublikadan olib chiqib ketishga chaqirgan edi. Shundan so‘ng, BAA Mudofaa vazirligi Yamanda terrorizmga qarshi missiyalarni bajarayotgan o‘z kuchlari soni qisqartirilganini e’lon qildi. Amirlik rasmiylari Saudiya Arabistonining STS separatistlariga qirollik chegaralari yaqinida harbiy amaliyotlar o‘tkazish uchun bosim o‘tkazganliklari haqidagi ayblovlarini ham rad etdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.