Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik xati yo‘lladi. Unda To‘qayev joriy yilning 14-16 noyabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida Qozog‘iston delegasiyasiga ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun o‘z minnatdorligini bildirgan. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Xatda mazkur tashrifning tarixiy ahamiyati qayd etilgan bo‘lib, u Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshlikni mustahkamlashga kuchli turtki bergani ta’kidlangan.
Qozog‘iston Prezidenti Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi tashkil etilishini ham yuqori baholagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa hamkorligining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mazmunli muhokamalar, qabul qilingan muhim qarorlar va hujjatlar, shuningdek, Ozarbayjonning to‘lahuquqli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi forumga strategik ahamiyatga ega voqea maqomini bergan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.