Qo‘shma Shtatlar Vengriyaga Rossiyadan neft va gaz sotib olishni taqiqlovchi sanksiyalardan bir yil muddatga voz kechdi.
Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio Kanadada bo‘lib o‘tgan G7 sammiti yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning energiya ta’minotini to‘satdan to‘xtatish Vengriya iqtisodiyoti uchun "haddan tashqari shikast" bo‘ladi.
"Quvurlar va neft va gaz ta’minotiga kelsak, gap bir yil muddatga voz kechish haqida ketyapti... Bu energiya manbalaridan mahrum bo‘lish Vengriya uchun o‘ta beqarorlik bo‘ladi", dedi Rubio.
Davlat kotibi Kiyev bilan Ukraina energetika tarmog‘ini himoya qilishga yordam beradigan qurol yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar haqida ham gapirdi. "Ammo oxir-oqibat, agar bu uskuna o‘rnatilgandan keyin bir hafta o‘tib yo‘q qilinsa, muammo bo‘lib qolaveradi. So‘nggi ikki-uch yil ichida shunday bo‘lgan", - deya qo‘shimcha qildi u.
Rubio, shuningdek, Rossiya hozirda Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyor emasligini, AQSh va Rossiya prezidentlarining ehtimoliy uchrashuvi aniq natijalarga olib kelishi kerakligini ta’kidladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шадаев "VK", "Ozon" ва "Яндекс" каби йирик платформа вакиллари билан ҳам учрашиб, улардан "VPN" орқали кирувчи фойдаланувчилар учун чекловлар қўйишни сўради.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.