Zo‘raki zo‘ravonlarga sud hukmi o‘qildi

Zo‘raki zo‘ravonlarga sud hukmi o‘qildi

Sudlanuvchi Farxat Nabiyev (ism shariflar shartli) joriy yil 22 mart kuni Rasul Shamilovni shaxsiy adovati sababli “Adir” mahallasidagi dala maydoniga olib borib, o‘zaro janjallashib, qo‘li bilan jag‘ qismiga qasddan urib, sog‘lig‘ini buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazgan.

Ekspertiza xulosasida, R.Shamilovning badanida chap bel sohasi shikasti, chap buyrakning subkapsulyar gematomasi, chap bel sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi kabi tan jarohatlar aniqlangan bo‘lib, ushbu tan jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra, 6 kundan ko‘p 21 kundan kam muddatga sog‘lig‘ini buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohat guruhiga kirishi ko‘rsatilgan.

"Shunchaki qo‘rqitib qo‘ymoqchi edim"

Sudlanuvchi Farxat Nabiyev sud majlisida, aybiga to‘liq iqror bo‘lib quyidagicha ko‘rsatma berdi: ...haqiqatdan ham o‘sha kuni R.Shamilovni mahallasidagi bilyardxona oldida ko‘rib, uni o‘zimni boshqaruvimdagi “Damas” rusumli avtomashinamga chiqarib, mahalladagi dala maydoniga olib borib, u yerda qarindoshlari uni urishgani sababli undan tiz cho‘kib kechirim so‘rashini talab qildim, lekin kechirim so‘ramagani uchun qo‘li bilan chag‘ qismiga urib yubordim... hozirda qilgan ishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman...

"Kechirim so‘raysan tiz cho‘kkan holda deb talab qo‘ydi..."

Jabrlanuvchi Rasul Shamilov sud majlisida, haqiqatdan ham Farxat mahalladoshi ekani, o‘sha kuni mahallasidagi savdo do‘koni oldida sheriklarini kutib turganida F.Nabiyev boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinada uning oldiga kelib, avtomashinaga chiq akamga sakrab qo‘ygansan, hozir borib kechirim so‘rab, qaytib kelasan deb aytgani sababli avtomashinaga chiqdim. Farxat avtomashinani mahallasidagi dala maydoniga olib borib, avtomashinadan tushirib, dastlab mendan kechirim so‘raysan tiz cho‘kkan holda deb talab qo‘ydi. Shunda men agarda xohlasang akangdan kechirim so‘rab kelishim mumkin deb aytishim bilan u to‘satdan qo‘li bilan mening jag‘ qismiga urib, tepa boshladi, qonuniy chora ko‘rishni so‘rayman.

Sud, sudlanuvchilar, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini eshitib, taraflarning muzokara so‘zlarini, sudlanuvchining himoya va oxirgi so‘zini tinglab, ishdagi dalillarni har tomonlama to‘la va ob’ektiv tarzda tekshirib, muhokama qilib, qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan jazoni tayinladi.

Ibrohim Jabborov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudining raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!