"Zomin” DUK direktori lavozimidan ozod qilindi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sobirjon Shamsiddinovich Oripov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Zomin” turistik-rekreasion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining direktori lavozimidan ozod qilindi.
Shuxrat Jurabayevich Xakimov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Zomin” turistik-rekreasion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining direktori etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Shuxrat Xakimov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikasiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi mudiri lavozimi ishlab kelayotgan edi.