Ziyoda, Halimaxonim, Rayhon va «Bojalar» «zapret»dami? Ozodbek Nazarbekov javob berdi (video)

Ziyoda, Halimaxonim, Rayhon va «Bojalar» «zapret»dami? Ozodbek Nazarbekov javob berdi (video)

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Ozodbek Nazarbekov suhbat davomida «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilova, Rayhon G‘aniyeva, ‘Bojalar’ guruhining yakkaxoni Jahongir Poziljonov va qiziqchi Halimaxonimlar zapretga tushdimi?» mazmunidagi savolga quyidagicha javob berdi.

 

San’atkorlarning faoliyatini cheklash yoki davom ettirish to‘g‘ridan to‘g‘ri «O‘zbekkonsert»ning vakolatida. Ayniqsa estradaning ‘ota tashkiloti’ ‘O‘zbekkonsert’ hisoblanadi, shuning uchun asosiy vakolat ‘O‘zbekkonsert’da. Bu san’atkorlar haqida hech qayerda rasmiy ravishda ‘O‘zbekkonsert’ning falon xulosasiga ko‘ra faoliyati to‘xtatildi yoki faoliyatdan chetlashtirildi, degan hech  qanday rasmiy ma’lumotim yo‘q.

Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!