Ziroat Mirziyoyeva Shanxay hamkorlik tashkiloti forumida nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Shanxay hamkorlik tashkiloti forumida nutq so‘zladi

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Butunxitoy ayollar federasiyasi raisi Shen YuYEyuyening taklifiga binoan 20 iyul kuni Pekinda gibrid shaklda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti forumida nutq so‘zladi.

Forumda Xitoy Xalq Respublikasi raisining rafiqasi Peng Liyuan, Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko, Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidentining rafiqasi Rula G‘ani, SHHT Bosh kotibi Vladimir Norov, xalqaro tashkilotlar vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdilar. Global pandemiya sharoitida ayollar ta’limi va gender tengligi masalalari muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!