Zelenskiy Ukrainadagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini e’lon qildi
Ukraina prezidentining ma’lum qilishicha reja quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi:
◾️ Ukraina suverenitetini tasdiqlash;
◾️ Rossiya va Ukraina o‘rtasida hujum qilmaslik to‘g‘risida bitim, otashkesim chizig‘ida monitoring o‘rnatish;
◾️ Xavfsizlik kafolatlari;
◾️ Tinchlik davrida Ukraina Qurolli kuchlari soni 800 ming nafar bo‘lishi;
◾️ AQSH, NATO va Yevropa Ukrainaga Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti nizomining 5-moddasi andozasi bo‘yicha xavfsizlik kafolatlari beradi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda harbiy javob chorasi ko‘riladi;
◾️ Rossiya Yevropa va Ukrainaga nisbatan hujum qilmaslik siyosatini barcha qonuniy asosda mustahkamlaydi;
◾️ Ukraina belgilangan muddatda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘ladi;
◾️ Xalqaro rivojlanish paketi qabul qilinadi;
◾️ Qayta tiklash masalalarini hal qilish uchun bir nechta jamg‘armalar tashkil etiladi. Buning uchun 800 mlrd dollar jalb etish rejalashtirilgan;
◾️ Ukraina AQSh bilan erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuvni tuzish jarayonini tezlashtiradi;
◾️ Ukrainaning yadrosiz davlat maqomi mustahkamlanadi;
◾️ Zaporijjya AES masalasida murosaga yo‘l yo‘q. AQSh uch tomonlama qo‘shma boshqaruvni taklif qilmoqda, bunda amerikaliklar asosiy menejer bo‘ladi. Ukrainaning murosaviy taklifi: AQSh va Ukraina o‘rtasida 50/50 nisbatda nisbatda boshqaruv;
◾️ Maktablarda turli madaniyatlarni tushunish va ularga bag‘rikenglikni oshirishga, irqchilik va kamsitishlarni bartaraf etishga qaratilgan ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
◾️ Hududlar masalasi bo‘yicha variantlardan biri: Rossiya Dnepropetrovsk, Nikolayev, Sumi va Xarkov viloyatlaridan to‘liq chiqadi. Donesk, Lugansk, Zaporijjya va Xerson viloyatlarida “qayerda turgan bo‘lsak, o‘sha yerda qolamiz” tamoyili amal qiladi. Rossiya Ukrainaning Donbassdan chiqishini talab qilmoqda. AQSh murosa sifatida bu hududda “erkin iqtisodiy zona” yaratishni taklif etmoqda. Agar “qayerda turgan bo‘lsak, o‘sha yerda qolamiz” varianti bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, “erkin iqtisodiy zona” faqat referendum orqali qabul qilinishi mumkin;
◾️ Ukraina va Rossiya kelishuvlarni kuch asosida o‘zgartirmaslik majburiyatini oladi;
◾️ Rossiya Ukrainaga Dnepr daryosi va Qora dengizdan tijorat maqsadlarida foydalanishga to‘sqinlik qilmaydi. Kinburn hududi qurolsizlantiriladi qilinadi;
◾️ “Barchani barchaga” tamoyili bo‘yicha asirlar almashinuvi o‘tkaziladi: fuqarolar, bolalar va siyosiy mahbuslarni qaytariladi;
◾️ Kelishuv imzolangach, Ukraina imkon qadar qisqa muddatda saylovlar o‘tkazadi;
◾️ Kelishuv yuridik jihatdan majburiy bo‘ladi. Uning ijrosini AQSh prezidenti Donald Tramp boshchiligidagi Tinchlik kengashi nazorat qiladi;
◾️ Barcha tomonlar ushbu kelishuvga rozi bo‘lgach, darhol to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kiradi.
