“Uzbekistan Airways” ham qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi
2025 yil 28 dekabrdan 2026 yil 11 yanvarga qadar qator mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlarni bajaradi.
Qo‘shimcha parvozlar Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Termiz va Namanganga amalga oshiriladi.
HY015/016 Toshkent – Nukus – Toshkent
28-31 dekabr va 4, 9, 11 yanvar kunlari;
HY011/012 Toshkent – Nukus – Toshkent
3, 10 yanvar kunlari;
HY023/024 Toshkent – Buxoro – Toshkent
28-31 dekabr va 3, 4, 9, 10, 11 yanvar kunlari;
HY059/060 Toshkent – Urganch – Toshkent
28-31 dekabr va 3, 4, 9, 10, 11 - yanvar kunlari;
HY092/091 Namangan – Toshkent – Namangan
9 yanvar kuni;
HY069/070 Toshkent – Termiz – Toshkent
30 dekabr va 10 yanvar kunlari.
Aviachiptalarni booking.uzairways.com saytida yoki mobil ilova orqali xarid qilish mumkin.
