“SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025”: yilning eng yaxshilari taqdirlandi

“SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025”: yilning eng yaxshilari taqdirlandi

Mamlakatimiz ilm-fan hayotidagi eng muhim, eng nufuzli tadbirlardan biri — “SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025” mukofotlash marosimi an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu ulkan ilmiy bayram “SCIENCE AND INNOVATION” xalqaro ilmiy jurnali jamoasi tashabbusi bilan tashkil etilib, yil davomida ilm-fan va innovasiyalar rivojiga munosib hissa qo‘shgan eng ilg‘or olimlar va tashkilotlarni e’tirof etishga qaratilgan.

2025-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida mazkur nufuzli tadbir to‘rtinchi marotaba yuqori saviyada tashkil etildi. Tantanali marosimni “Science and Innovation” kompaniyasi bosh direktori Rustamov Baxtiyor Normamatovich ochib berib, o‘z nutqida ilm-fan taraqqiyotining bugungi jamiyatdagi o‘rni, ta’lim tizimida innovasion yondashuvlarning ahamiyati hamda olimlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

“Science and Innovation Awards 2025” tadbiri Apex Insurance kompaniyasining bosh homiyligida tashkil etildi. Homiy — “Bazalt Uzbekistan”. Apex Insurance kompaniyasining raisi Yunusov Jahongir Jamalidinovich o‘z nutqida ilm-fan vakillarini qo‘llab-quvvatlashdan doimo mamnun ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Qadim-qadimdan O‘zbekiston zamini ilm-fan va ma’rifat beshigi sifatida e’tirof etib kelinadi. Bu muqaddas diyorda yetishib chiqqan buyuk allomalar jahon sivilizasiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Bugungi kunda ham ana shu ulug‘ ilmiy merosga tayanagan holda mamlakatimiz olimlari zamonaviy izlanishlar olib borib, fan sohalarida yangi yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda va xalqaro ilm-fan maydonida munosib o‘rin egallab bormoqda.

Aynan shu yuksak ruh va e’tirof ramzi sifatida “SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025” marosimida o‘zbek ilm-fanining eng nufuzli vakillari bir maskanga jam bo‘ldi.

Taqdirlangan nominasiyalar

Tadbir davomida quyidagi 10 ta nufuzli nominasiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, tantanali ravishda taqdirlandi:

  1. YIL OLIMI
    — Ashurov Ravshan Radjabovich
    — Agzamxodjayeva Saida Sabitxanovna
    — Pulatova Jamila Shagayratovna

    2. YILNING ENG YAXSHI OLIY TA’LIM MUASSASASI
    — Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

    3. YILNING ENG YAXSHI NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASASI
    — Central Asian University

    4. YILNING ENG YAXSHI ILMIY TADQIQOT INSTITUTI
    — Avtomobil yo‘llari ilmiy tadqiqot instituti

    5. YILNING ENG INNOVASION UNIVERSITETI
    — Samarqand xalqaro texnologiyalari universiteti

    6. YILNING ENG YAXSHI ILMIY NASHRI
    — Nilufar Abdurahmonova
    “Kompyuter leksikografiyasi”

    7. ILM-FAN SOHASIDAGI XIZMATLARI UCHUN
    — Akademik Djurayev Risbay Xaydarovich

    8. YILNING ENG YAXSHI TADQIQOT MARKAZI
    — Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti

    9. ILM-FAN HOMIYSI
    — “APEX Insurance” kompaniyasi

Tanlov doirasida respublika bo‘ylab 3000 dan ortiq ariza kelib tushdi. Dastlabki saralash bosqichida har bir nominasiya bo‘yicha 10 nafardan finalist aniqlanib, ular bilan alohida suhbat va chuqurlashtirilgan tahlil bosqichlari tashkil etildi.

Saralash jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilib, komissiya a’zolari tomonidan nomzodlarning ilmiy salohiyati, kasbiy faoliyati, amaliy natijalari va tanlov mezonlariga muvofiqligi atroflicha baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng munosib deb topilgan ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, maxsus statuetkalar, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Nufuzli mehmonlar va dastur

“Science and Innovation Awards 2025” tadbirida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vakillari, vazirlik va idoralar mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, akademiklar, professor-olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda ilm-fan jamoatchiligi faol ishtirok etdi.

Tadbir dasturidan, shuningdek:

  • “O‘zbekistonning taniqli olimlari – 2025” ensiklopediyasi taqdimoti;

  • “Mening muvaffaqiyat yo‘lim” biografik ensiklopediyasi – 2025 taqdimoti;

  • ilm-fan va ta’lim muassasalari ko‘rgazmalari;

  • konsert dasturi, kofe-breyk va fotosessiyalar o‘rin oldi.

“SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025”: yilning eng yaxshilari taqdirlandi

“SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025”: yilning eng yaxshilari taqdirlandi

“SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025”: yilning eng yaxshilari taqdirlandi

“SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025”: yilning eng yaxshilari taqdirlandi

“SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025”: yilning eng yaxshilari taqdirlandi

“SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025”: yilning eng yaxshilari taqdirlandi

Tashkilotchi haqida

“Science and Innovation” kompaniyasi 2025-yil davomida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda 100 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya va simpoziumlarni tashkil etdi. Ushbu tadbirlarda mahalliy va xorijiy yetakchi olimlar ishtirok etib, konferensiyalarning ilmiy-amaliy ahamiyatini yanada oshirdi.

Yil davomida 10 000 dan ortiq ilmiy maqolalar taqrizdan o‘tkazilib, har biriga DOI raqami biriktirildi va nufuzli xalqaro ilmiy bazalarda indekslandi. Natijada 20 000 dan ortiq mualliflarning h-indeksi oshishiga erishildi.

Bu ko‘rsatkich o‘zbek ilm-fani tarixida rekord natija sifatida e’tirof etilmoqda.

Kompaniyaning yirik loyihalaridan biri — “O‘zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi” bo‘lib, loyiha doirasida taniqliolimlar.uz platformasi yaratildi hamda olimlar uchun Wikipedia sahifalari ochildi.

Shuningdek, 2025-yilda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali Rossiyaning RINS ilmiy bazasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, maqolalar ushbu nufuzli platformada indekslana boshlandi.

Xulosa

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Hozirgi zamonda ilm, bilim va salohiyat suv bilan havoday zarur.”

Aynan shu g‘oya asosida tashkil etilgan “Science and Innovation Awards 2025” tadbiri fidoyi va jonkuyar olimlarimizni e’tirof etish, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash hamda kelajak avlod uchun mustahkam ilmiy poydevor yaratishga xizmat qildi.

Tadbir doirasida bildirilgan e’tirof va rag‘batlar kelgusi yilda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar uchun kuchli motivasiya va ilhom manbai bo‘lishi shubhasiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Rossiyaning “taslim bo‘lish” taklifi haqida ma’lum qilindi

РИА Новости хабарига кўра, Россиянинг ЕХҲТ (YXHT)даги доимий вакили вазифасини бажарувчи Максим Буякевич Европа мамлакатларидан келаётган шундай чақириқлар ҳақида маълум қилди.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Abduqodir Husanov «Real»da o‘ynashga yaqin turibdi

«Реал Мадрид» Ўзбекистон ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Хусановга қизиқиш билдирмоқда, деб хабар берди Fichajes.net нашри.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Elmurod Haqnazarov braziliyalik raqibidan ustun keldi

Қозоғистоннинг Олмота шаҳрида "Alash Pride 115" турнири бўлиб ўтди.

Rossiya sobiq SSSRning Yevropa qismidagi hududlarini qaytadan egallashni istaydi(mi)?

Дмитрий Песковнинг таъкидлашича, бундай ҳисоботлар мавжудлиги ҳақидаги маълумотлар қанчалик ишончли экани номаълум.

"Zaxiramizda boshqa Shomurodov, Yusupov va Husanov yo‘q!"

Ўзбекистон миллий терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Рауф Инилеев Жаҳон чемпионати олдидан терманинг имкониятлари, барқарорлик ва асосий футболчилар соғлиғининг аҳамияти ҳақида фикр билдирди.

Rossiya darhol harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor,

АҚШ сайловларига Россия томонидан ҳеч қандай аралашув бўлмаган, лекин Европа сиёсий элиталари бунга тўғридан-тўғри ва очиқчасига аралашди

Fabio Kannavaro “JCH-2026” oldidan barcha muammolarni ochib berdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мамлакат нашрлари журналистларига берган интервьюсида Италия футболининг асосий муаммолари ҳақида ўз фикр-мулоҳазаларини билдириб ўтди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida portlash ro‘y berdi (video)

Бу ҳақда вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси матбуот хизмати хабар бермоқда.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

«Manchester Siti» Abduqodir Husanov bo‘yicha transfer masalasida qaror qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳозирча «шаҳарликлар»нинг трансфер режаларига кирмайди, деб хабар беради Sports.kz Allez Lens манбасига таянади.

Ukraina armiyasi chekindi — “Meduza”

Бош штабнинг қайд этишича, Северск ҳудудида шиддатли жанглар давом этмоқда, шаҳарнинг ўзи эса Украина Қуролли кучларининг "ўт очиш назорати остида қолмоқда".

Turkiyalik rassom Eldor Shomurodovga atab karikatura chizdi (foto)

"Golasso!" номи билан ижод қилувчи туркиялик рассом Элдор Шомуродовга атаб карикатура чизди ва унинг муваффақиятлари ҳақида қуйидагича изоҳ қолдирди:

Kutilmagan tadqiqot: Olimlar saratonni qurbaqa yordamida davolash mumkinligini aniqladi

Бу даволаш усули стандарт усуллардан анча самарали ва хавфсиз

Ukraina qo‘shinlari yana bir muhim hududni boy berdi

Украина Қуролли Кучлари Бош штаби Telegram орқали Украина қўшинлари Северск шаҳрини тарк этганини маълум қилди.

Pavel Durov 37 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun EKO xarajatlarini qoplashni taklif qildi

Бу ташаббус ижтимоий тармоқларда кенг муҳокамага сабаб бўлди.

Pensilvaniya shtatidagi qariyalar uyida portlash yuz berdi, qurbonlar bor

АҚШнинг Пенсильвания штатидаги Silver Lake қариялар уйида табиий газ портлаши оқибатида камида икки киши ҳалок бўлди.

Ukrainalik ayol Qozog‘istonga ekstradisiya qilindi — undan o‘zbekistonliklar ham jabrlangan

Инсон аъзолари савдосида гумон қилинаётган украиналик аёл Полшадан Қозоғистонга экстрадиция қилинди.

Kennedi markazi vakili nom o‘zgartirilgani uchun Trampni sudga berdi

АҚШнинг Огайо штатидан демократ конгрессмен Жойс Битти Вашингтондаги Кеннеди маркази номининг ўзгартирилгани муносабати билан президент Дональд Трамп ва унинг томонидан тайинланган бошқарув кенгаши аъзоларига қарши суд даъвосини киритди.

Olimlar ogohlantirmoqda: kelgusi urush hududlar uchun emas, inson miyasi uchun olib borilishi mumkin

Бу ҳақда Буюк Британиядаги Брэдфорд университети олимлари огоҳлантирмоқда.

Jahon bozorida kungaboqar yog‘i tanqisligi kuchaymoqda

Расмий маълумотларга кўра, жаҳон бозорида кунгабоқар ёғига нисбатан таклифлар кескин камайгани фонида тасқислик юзага келмоқда.

Tramp ma’muriyati 30 ga yaqin AQSh elchisini ishdan bo‘shatmoqda

Бу ҳақда The New York Times хабар берди.

Isroil G‘azoda sulhni buzishda davom etmoqda

Ҳозирча ҳалок бўлганлар ёки яраланганлар ҳақида расмий маълумот йўқ.

Bashar Asad Moskvada hashamatli hayot kechiryapti — NYT

Сурияда ағдарилганидан сўнг Россияга қочган президент Башар Асад ва оиласи Москвада ҳашаматли ҳаёт кечиряпти.

Turkiya parlamentida ham mushtlashuv yuz berdi

Шунга қарамай, ҳукмрон партия томонидан илгари сурилган 2026 йил бюджети тўғрисидаги қонун лойиҳаси қабул қилинган.

Indoneziyada avtobus ishtirokidagi yirik YTHda 16 kishi halok bo‘ldi

Индонезиянинг Марказий Ява вилоятида автобус иштирокида содир бўлган йирик йўл-транспорт ҳодисасида камида 16 киши ҳалок бўлди, кўплаб йўловчилар жароҳат олди.

Meksikada avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Ҳайдовчи руль бошқарувини йўқотиши оқибатида ичида ишчилар бўлган автобус ағдарилиб кетган. Ҳайдовчи эса ишчиларни ташлаб, воқеа жойидан қочиб кетган.

JARda ommaviy otishmada to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Жанубий Африка Республикасининг Гаутенг вилоятида жойлашган кўнгилочар масканга уюштирилган қуролли ҳужум оқибатида 9 киши ҳалок бўлди, яна 10 нафар яраланди.

Rossiyada gripp Adan keyin ommaviy ko‘z ko‘rish muammolari qayd etilmoqda

Тиббиёт ходимлари гриппдан кейин пайдо бўладиган бундай аломатларга жиддий эътибор беришга чақирмоқда.

Peskov: Reuters yolg‘on tarqatmoqda — Rossiya butun Ukrainani egallashni maqsad qilmagan

Кремль матбуот котиби Дмитрий Песков Reuters агентлиги хабарига изоҳ бериб, Россия бутун Украина ҳудудига даъво қилмаётганини билдирди.

Moskvada yana bir general o‘ldirildi

Россия Қуролли Кучлари Бош штаби бошқармаси бошлиғи генерал-лейтенант Фанил Сарваровга суиқасд уюштирилди.

Shol bo‘lib qolgan ayol fazoni zabt etdi

Аэрокосмик техника ва мехатроника муҳандиси, 33 ёшли Микаэла Бентҳаус (Германия) Blue Origin компаниясининг New Shepard кемасида фазога парвоз қилди.

NATO bosh kotibi Rossiya tinchlik kelishuvini buzgan taqdirda, Yevropa davlatlari Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi

Марк Рютте бу ҳақда Bild нашрига берган интервюсида маълум қилди.

Isroil hukumati Iordan daryosining G‘arbiy sohilida yana 19 ta yahudiylar aholi punkti qurishni ma’qulladi

Бу ҳақда Исроил молия вазири, ўта ўнг қарашли “Диний сионизм” партияси раҳбари Бецалел Смотричнинг идораси хабар берди.

Berlinda Falastinni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Германия пойтахти Берлин шаҳрида Фаластинни қўллаб-қувватлашга бағишланган намойиш ўтказилди.