Tarixiy qaror: Mirziyoyev va Makron strategik sheriklik bo‘yicha kelishib oldilar

Tarixiy qaror: Mirziyoyev va Makron strategik sheriklik bo‘yicha kelishib oldilar

Elisey saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini yuzma-yuz va delegasiyalar ishtirokida atroflicha muhokama qildilar.

Ikki mamlakat yetakchilarining 2023 yil noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tgan uchrashuvi davomida erishilgan kelishuvlar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Turli darajalarda faol muloqotlar davom etmoqda. O‘tgan yilda tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard yevrodan oshdi, qo‘shma korxonalar soni 4 barobar ko‘paydi.

Tarixiy qaror: Mirziyoyev va Makron strategik sheriklik bo‘yicha kelishib oldilar

Yurtimizda Fransiyaning “Orano”, “EDF”, “Total”, “SUEZ”, “Voltalia”, “Veolia” va ko‘plab boshqa yetakchi kompaniyalari muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik yangi sifat kasb etdi, u bilan yangi Hamkorlik dasturi qabul qilinmoqda.

Tashrifga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va "MEDEF" biznes missiyasi samarali o‘tdi, Ishbilarmonlar palatasi o‘z ishini boshladi.

Shu kunlarda Parij, Tuluza, Lion va Nissa shaharlarida hududlarning faol ishtirokida qo‘shma tadbirlar o‘tkazilmoqda. Kuni kecha qo‘shma tibbiyot forumi hamda fan va ta’lim bo‘yicha konferensiya, O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi. Grets-Armenvil shahrida buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy byusti ochildi.

Savdo-iqtisodiy va investisiya-moliyaviy sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va korxonalari bilan kooperasiya loyihalarini ilgari surishga ustuvor ahamiyat qaratildi.

Bu galgi sammitga yangi Innovasiya va sanoat sherikligi dasturi tayyorlangan. Muhim mineral xomashyo resurslarini qazib olish va qayta ishlash, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport va boshqa tarmoqlarda umumiy qiymati 6,5 milliard yevrolik qo‘shma loyihalarni ilgari surish ko‘zda tutilgan.

Umuman, qo‘shma loyihalar portfeli 12 milliard yevrodan ziyodni tashkil etmoqda.

Shu ma’noda, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari uzoq muddatli kooperasiya aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston-Fransiya investisiya kengashini ta’sis etish va uning birinchi yig‘ilishini joriy yil iyun oyida Toshkent investisiya forumi doirasida o‘tkazishni taklif etdi.

Hududlararo aloqalarni rag‘batlantirish maqsadida kelgusi yilda Samarqand shahrida ikki mamlakat hududlarining birinchi forumini o‘tkazishga kelishib olindi.

Etakchilar gumanitar yo‘nalishdagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar. Parij shahrida Saviskiy muzeyi to‘plamidagi avangard asarlar ko‘rgazmasini tashkil etish, madaniy yodgorliklarni saqlash va restavrasiya qilish bo‘yicha hamkorlik uchun mamlakatimizda Fransiya merosi instituti vakolatxonasini ochish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Tarixiy qaror: Mirziyoyev va Makron strategik sheriklik bo‘yicha kelishib oldilar

Joriy yilda Toshkent shahrida Fransiyadan tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda O‘zbekiston-Fransiya universiteti ochilishi ta’lim sohasidagi asosiy kelishuv bo‘lgani ta’kidlandi. Fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlash sohasida ham samarali hamkorlik davom ettiriladi.

Ishbilarmonlik, turizm va madaniy almashinuvlarni faollashtirish maqsadida tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish masalasini ko‘rib chiqadilar.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. Ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, terrorizm, ekstremizm, radikalizm, kiberjinoyatchilik va xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni birlashtirish muhim ekani ta’kidlandi.

Tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish maqsadida tashqi ishlar vazirliklari boshchiligida iqtisodiy idoralarni jalb qilgan holda Strategik rejalashtirish guruhini tuzishga kelishib olindi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida tarixiy qarorga keldilar.

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Emmanuel Makronni o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

"Manchester Siti" ham Abduqodir Husanovga murojaat qildi

"Манчестер Сити" ижтимоий тармоқларда янги пост қолдирди.

Ronaldu o‘z maqsadiga erishdi

Криштиану Роналду яқинда клуб бошқарувидан норозилигини билдириб, "Ан-Наср"нинг бир нечта ўйинига бойкот эълон қилган эди.

Galibaf: “Eronning javobi shunchalik dahshatli bo‘ladiki, ular yolvorib uzr so‘rashadi”

Эрон парламенти спикери АҚШ ва Исроилга “вайронкор жавоб” билан таҳдид қилди.

Eron oliy rahbari televideniye orqali murojaat qiladi

Али Хоминаий яқин соатларда телевидение орқали халққа мурожаат қилиши кутилмоқда.

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

Eron nega arab davlatlariga zarba bermoqda?

Кўпчилик нега эронликлар Форс кўрфазидаги араб монархиялари ҳудудларига зарба бераётганини тушунмаяпти. Ахир улар яширинча Эрон нефтини сотишда ёрдам берган, тинчлик тарафдори бўлган, гўёки бевосита алоқаси йўқ эди, деган фикр бор.

Tezkor xabar: Eron AQSh bazalari tomon yangi avlod o‘ta og‘ir raketasini uchirdi

Эрон Яқин Шарқдаги АҚШ базалари йўналиши бўйлаб янги авлод ўта оғир ракетасини учирди.

Eron oliy rahbariga uyushtirilgan hujum qanday tayyorlangan edi?

АҚШ Марказий разведка бошқармаси Эрон олий раҳбари Али Хоманаий вафот этишидан олдин бир неча ой давомида уни кузатиб борган.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Qoraqalpog‘istondagi “Borsakelmas” qo‘riqxonasi fotoqopqoniga qoraquloq muhrlandi

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси тасарруфидаги “Борсакелмас” давлат буюртма қўриқхонасида ўрнатилган фотоқопқонларга қорақулоқ муҳрланди.

Ko‘rfazda AQSh uchun noxush vaziyat

Яқин Шарқда вазият кескинлашиб бораётган паллада Кўрфаз давлатлари АҚШнинг уларни ҳимоя қилиш салоҳиятига ишончни йўқотди, деб хабар бермоқда Foreign Policy журнали.

Eron dronlari va raketalari Fors ko‘rfazidagi AQSh harbiy ob’ektlarini yakson qildi

Эрон БАА ва Иорданиядаги Американинг "THAAD" ракетага қарши мудофаа радарларини йўқ қилди, деб хабар бермоқда Ислом инқилоби муҳофизлари корпуси (ИИМК).

Indoneziya "Tinchlik kengashi"dan chiqishini ma’lum qildi

Президент Прабово Субианто агар ушбу платформа Фаластин ва Индонезия миллий манфаатларига хизмат қилмаса, мамлакат кенгаш таркибидан чиқишини таъкидлади.

Berni Sanders Netanyaxuni keskin tanqid qildi

АҚШ сенатори Берни Сандерс Исроил бош вазири Биньямин Нетаняху ҳақида кескин баёнот берди.

AQSh raketa zaxiralari yetishmaydi(mi)?

Кубилюснинг сўзларига кўра, америкалик ҳарбийлар бир вақтда ўз армияси, Форс кўрфази мамлакатлари ва Украина эҳтиёжларини қондиришга мажбур бўлади.

Eron Bahrayndagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi, qurbonlar bor

Бу ҳақда Эрон давлат радио ва телевидениеси хабар берди.

Brent neftining narxi 86 dollardan oshdi

Ҳормуз бўғозининг ёпилиши нефть таъминотида узоқ вақт давомида узилишларга олиб келиши мумкин, бу эса “қора олтин” нархининг кўтарилишига олиб келади.

Medvedev arab davlatlariga AQSh bazalari ular uchun tahdid ekanini aytdi

Россия Хавфсизлик кенгаши раиси ўринбосари Дмитрий Медведев Форс кўрфазидаги араб давлатларининг ўз ҳудудларига Америка базаларини жойлаштирганини ва соддаларча улардан ҳимоя кутганини истеҳзо билан гапирди.

Eronga qarshi urush yana bir necha hafta davom etishi mumkin

Бу ҳақда Axios манбаларига таяниб хабар берди.

Tramp Eronga keskin talab qo‘ydi

Трамп Эронни «шартсиз таслим бўлишга» чақирди.

Italiya mudofaa vaziri: Isroil va AQSh xalqaro qonunlarni buzdi

Италия мудофаа вазири Гуидо Крозеттонинг айтишича, Исроил ва АҚШнинг Эронга қарши амалга оширган ҳужумлари халқаро ҳуқуқ меъёрларидан ташқарига чиққан.

Eron yangi hujumlar to‘lqinini boshladi

IRIB ахборот агентлиги хабар беришича, Эрон ракета ҳужумларининг янги тўлқинини бошлади.

Eron Abu-Dabidagi AQSh harbiy shtab-kvartirasiga zarba berdi

Эрон Абу-Даби халқаро аэропорти яқинида жойлашган АҚШ ҳарбий штаб-квартирасига зарба берди, деб хабар қилди IRIB ўзининг Telegram каналида.

Tahlilchi: Eron inqirozi yevroga jiddiy xavf tug‘dirmoqda

Бу ҳақда Alfa-Forex мижозларни қўллаб-қувватлаш ва савдо бўлими раҳбари Александр Шнайдерман маълум қилди.

Oq uy: AQShda ko‘pchilik bilmaydigan qurol zaxiralari mavjud

Бу ҳақда Оқ уй матбуот котиби Каролин Левитт 5 март куни Time журналига маълум қилди.

Ekspertlar: Ispaniyada NATO bilan bog‘liq yechilmas muammo yo‘q

Экспертлар фикрича, Испанияда НАТО билан боғлиқ ечилмас муаммо мавжуд эмас.

Demak... Eron Ozarbayjonga xujum qilmagan

Эрон Ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи озарбайжонлик ҳамкасби Жейҳун Байрамов билан телефон орқали мулоқот қилиб, Эроннинг яхши қўшничилик сиёсати ва барча соҳаларда алоқаларни кенгайтириш истагини таъкидлади.

Eron Ozarboyjonga qilingan dronlar hujumida Isroilni aybladi

Эрон Бош штабига кўра, ушбу ҳаракат аслида Исроил режими томонидан Эронни айблаш ҳамда мусулмон давлатлар ўртасидаги муносабатларни бузиш мақсадида амалга оширилган.

BMT Erondagi maktabda ro‘y bergan mudhish hodisani tekshirishni talab qildi

БМТнинг Инсон ҳуқуқлари бўйича олий комиссари Фолькер Тюрк Эроннинг Миноб туманидаги мактаб бомбаланиши оқибатида 160 дан зиёд ўқувчи ҳалок бўлиши ҳолатини тезкорлик билан, холис ва ҳаққоний тарзда тафтиш этишни талаб қилди.

Eron Isroilga raketa hujumlari amalga oshirdi – Yaqin Sharqdagi nizo kuchaymoqda

Эрон Payshanba куннинг эрталабида Исроилга ракета ҳужумлари амалга оширди. Бу АҚШ подводная қайиқлари Эрон ҳарбий кемасини торпедо қилганидан сўнг Яқин Шарқдаги низонинг олтинчи куни ҳисобланади.

Lavrov: AQSh va Isroil Fors ko‘rfazi davlatlarini Eron bilan urushga tortmoqchi

Россия ташқи ишлар вазири Сергей Лавровнинг сўзларига кўра, АҚШ ва Исроил Форс кўрфази давлатларини Эронга қарши ҳарбий амалиётларга жалб қилишни мақсад қилмоқда.

Rossiya Federasiya Kengashi NATO rahbarining Eron bo‘yicha bayonotiga javob berdi

Россия Федерация Кенгаши Халқаро ишлар қўмитаси раиси Григорий Карасин НАТО раҳбариятининг Эрон ҳақидаги баёнотига муносабат билдирди.

Isroil va AQSh hujumlari: 3 mingdan ortiq eronlik askar halok bo‘lgani aytildi

Бу ҳақда Ynet нашри хабар берди.

Uzluksiz 4 kun kompyuter o‘yinlarini o‘ynagan bola vafot etdi

Тайванлик талаба тўрт кун ва уч кеча давомида компютер ўйинларини ўйнаган. Тўртинчи тунда талаба ҳожатга турмоқчи бўлганида, бирдан оғриқдан қичқириб, хушидан кетган.

Hormuz bo‘g‘ozi orqali tankerlar harakati o‘tgan haftaga nisbatan taxminan 90 foizga kamaydi

Kpler денгиз таҳлил компанияси маълумотларига кўра, Ҳормуз бўғози орқали танкерлар ҳаракати ўтган ҳафтага нисбатан тахминан 90 фоизга камайди.