Zelenskiy Sirskiydan norozi

Zelenskiy Sirskiydan norozi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy devoni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiydan norozi, Mudofaa vazirligi rahbari Rustem Umerov esa iste’foga chiqishi kerak. Bu haqda Rada deputati Aleksey Goncharenko ma’lum qildi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hozir Kiyevda armiyaning frontdagi muvaffaqiyatsizliklari va istehkomlar qurilishi bilan bog‘liq muammolar uchun «kimnidir ayblash istagi» bor.

“Menda prezident devoni yangi bosh qo‘mondondan (Sirskiy) noroziligi haqida ham ma’lumot bor. Kechirasiz, bosh qo‘mondonlarni qo‘lqop kabi almashtirish yaxshi fikr emas", - dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!