Zelenskiy Radani isyonda aybladi

Zelenskiy Radani isyonda aybladi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy "1+1" telekanaliga bergan intervyusida Radadagi ko‘pchilikni isyon ko‘tarishda va ishyoqmaslikda aybladi. Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ikki hafta ichida  parlamentga o‘nta qonun loyihasi kiritilgan, ammo ulardan hech biri qabul qilinmagan.

"Parlament haqida nima deyishimiz mumkin?", degan savolga javoban Zelenskiy Rada noqonuniy boylik uchun rasmiylarni jazolash to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqmaganini ta’kidladi.

Avvalroq esa Rada Zelenskiyning saylov tizimidagi o‘zgarishlar va davlat boshlig‘ining impichmentiga oid qonun loyihalarini ko‘rib chiqishdan bosh tortgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!