Zelenskiy Putinning raqibi emas — Peskov

Zelenskiy Putinning raqibi emas — Peskov

Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning raqibi emas. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi.

Demakki, Zelenskiyning maxsus harbiy operasiya boshlanganidan keyin Putin bilan gaplashishdan manfaatdor emasligi haqidagi iborasiga izoh berishga hojat yo‘q.

«Menimcha, javob kerak emas. Zelenskiy allaqachon Putinning ehtimoliy raqibi bo‘lishni to‘xtatgan», - deya matbuot kotibining so‘zlaridan iqtibos keltirgan «Interfaks».

Peskov Ukrainaning amaldagi prezidenti saylovoldi tashviqoti paytida qanday va’dalar berganini esladi.

«Janob Zelenskiyning va’dalarini eslash qiyin emas. Lekin u Donbass muammosini hal qildimi, Minsk kelishuvlarini bajardimi?», - deya ta’kidladi Kreml matbuot kotibi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!