Zelenskiy NATOni Rossiya bilan urushga aralashtirmoqchimi?

Zelenskiy NATOni Rossiya bilan urushga aralashtirmoqchimi?

NATOdan qiruvchilar va raketalar talab qilgan Vladimir Zelenskiy alyansni Rossiya bilan harbiy mojaroga chorlamoqda, G‘arb mamlakatlari RF bilan keskinlashuvning yangi bosqichiga chiqdi, deydi Fransiya harbiy razvedka boshqarmasi sobiq rahbari, general Kristof Gomar.

Avvalroq Ukraina prezidenti devoni saytida G‘arb mamlakatlarining Ukrainaga tanklar yetkazib berish haqida niyatidan so‘ng Zelenskiy endi samolyotlar va raketalar ham so‘ray boshlagani xabar qilingan edi.

“2023 yil bizga nimalar tayyorlab qo‘ygan, men bilmayman, ammo Ukraina prezidenti ko‘proq qiruvchilar xohlayotganini ko‘rib turibmiz. Kuchlar muvozanatini o‘zgartirish uchun u hujum qilmoqchi va yana hujumga o‘tmoqchi. O‘ylashimcha, u NATOni ushbu urushga aralashtirmoqchi. Biz keyingi bosqichini ham ko‘rib turibmiz - balki ertaga harbiy kemalar, va nihoyat, askarlar so‘rar?, - deydi u “Valeurs Actuelles” nashriga bergan intervyusida.

Uning fikricha, G‘arb mamlakatlari Rossiya bilan munosabatlar keskinlashuvining yangi bosqichiga chiqqan. “Biz og‘ir tanklar yetkazib berish uchun yengil qurollar bilan ta’minlay boshladik. G‘arb mamlakatlari asta-sekinlik bilan urushga aralashib bormoqda”,- deydi razvedka boshqarmasining sobiq rahbari.

Rossiya avvalroq Ukrainani qurollar bilan ta’minlagani tufayli NATO mamlakatlariga nota yuborgan edi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Ukraina uchun qurollar ortilgan har bir transport vositasi Rossiyaning qonuniy nishoniga aylanishini ma’lum qilgan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainani qurol bilan qo‘llab-quvvatlash Rossiya-Ukraina muzokaralarining rivojlanishiga olib kelmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!