Zelenskiy G‘arbdan Rossiya havo hujumlaridan himoyalanishda yordam so‘radi

Zelenskiy G‘arbdan Rossiya havo hujumlaridan himoyalanishda yordam so‘radi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arbdan Rossiya havo hujumlaridan himoyalanishda yordam so‘radi.

"Payshanba oqshomida 10 milliondan ortiq ukrainalik elektr energiyasiz qoldi", dedi prezident Vladimir Zelenskiy tunda so‘zlagan nutqida.

"Kun bo‘yi Ukrainaga qarshi navbatdagi raketa hujumi oqibatlarini bartaraf etish uchun harakat qilmoqdamiz. Elektr ta’minotida yana favqulotda uzilishlar kuzatilyapti", — dedi u.

"Dneprda raketa hujumi natijasida o‘nlab odamlar jarohat oldi. Zaporojyeda kecha Rossiya o‘qlari ostida qolgan turar-joy binosi vayronalarini tozalash ishlari davom etmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 7 kishi halok bo‘lgan, afsuski, bu raqam yanada oshishi mumkin."

Zelenskiy G‘arb davlatlariga Ukrainani Rossiya raketa hujumlaridan himoya qilishda yordam so‘rab murojaat qildi:

"Biz hamkorlarimizga qayta-qayta takrorlaymizki, faqat Ukraina osmonini to‘liq himoya qilishgina Ukrainani ham, Yevropani ham Rossiya agressiyasining kuchayishidan qutqaradi va Rossiyani urushga nuqta qo‘yishga undaydi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!