Zelenskiy asirga olingan harbiylar bo‘yicha Rossiyaga taklif bildirdi

Zelenskiy asirga olingan harbiylar bo‘yicha Rossiyaga taklif bildirdi

Ukraina Rossiya nazoratidagi Mariupoldagi “Azovstal” zavodidan olib chiqilgan ukrainalik harbiylarni rossiyalik harbiy asirlarga almashtirishga tayyor. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy telekanallardan birining efirida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Azovstal” metallurgiya zavodida tinch aholi va harbiy xizmatchilarni qutqarish bo‘yicha hamkor davlatlar bilan muzokaralar davom etmoqda. Ushbu tashabbuslar doirasida Turkiya, Shveysariya, Isroil va Fransiya rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazilgan.

Prezident Ukraina harbiylari “Azovstal”dan olib chiqib ketilganidan keyin Kiyev rossiyalik harbiy asirlarga almashtirilishini kutganini va bunga tayyor ekanligini aytgan.

“Biz ularni uyga olib kelamiz. Mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan hamkorlar bilan shunday qilishimiz kerak”, deydi Zelenskiy.

Shu bilan birga, Prezident Kiyev mojaroga barham berish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishini ta’kidlab, Ukrainada urushni Rossiya boshlaganiga e’tibor qaratgan.

"Urush og‘ir, g‘alaba ham juda og‘ir bo‘ladi, go‘yo jangda bo‘lgani kabi qonli bo‘ladi, ammo oxiri, albatta, diplomatik tarzda yakunlanadi", deydi Zelenskiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!