Zangiotada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Zangiotada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.S. voyaga yetmagan o‘g‘li H.B. orqali Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani “Navnihol” MFY hududida fuqaro D.A.ga jami 200 dona “Amino methyl” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, N.S.ning yonidan jami 1 801 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!