Zamonaviy kutubxona va mutolaa zavqi

Zamonaviy kutubxona va mutolaa zavqi

Bugungi kunda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarni badiiy asarlarni mushohada etishga chorlash hamda bu orqali asriy an’analarimizni saqlagan holda, ma’naviyatimiz va madaniyatimizga hissa qo‘shish har bir avlodning burchidir. Zero, badiiy adabiyot, avvalo, insonlar qalbini tarbiyalaydi, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi.

Shunday ekan, bugun Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasida bir guruh xodimlar tashabbusi bilan bojxona xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, qolaversa, xodimlarni ilm-ma’rifatini yanada boyitish maqsadida boshqarma ma’muriy binosida zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan yangi kutubxona markazi ochildi.

Mazkur yangi axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy kompyuter va jihozlar bilan ta’minlangan. 1000 mingdan ortiq kitob fondiga ega ushbu maskan endigina bojxona sohasiga qabul qilingan yosh bojxona xodimlari uchun munosib tuhfa bo‘ldi desak sira adashmaymiz. Zero, kutubxona fondida mavjud sohaga oid adabiyotlar bojxona xodimlari bilim saviyasini oshiradigan savolnomalar bilan boyitilgan.

Zamonaviy kutubxona va mutolaa zavqi

Ayniqsa, bugungi zamon talablariga to‘liq javob beradigan mutolaa zalida, elektron o‘quv jihozlarida sohaga oid ma’lumotlar qatorida Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazidan olingan 4200 dan ziyod turli mavzulardagi kitoblarning elektron shakllari, nusxalari mavjudligi har qanday kitobsevar insonning hayratiga hayrat qo‘shishi tabiiy hol, albatta.

Zamonaviy kutubxona va mutolaa zavqi Zamonaviy kutubxona va mutolaa zavqi

O‘zbek hamda jahon adabiyotining bebaho javohirlari bilan bezatilgan ushbu ulug‘ maskan bojxona xodimlarining ma’naviy olamini yuksaltirib, hayotini charog‘on etishi, intellektual salohiyati va tafakkurini yuksaltirib, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muxim o‘rin tutadi. Sohaga xodimlarning qiziqishini yanada orttiradi.
Butun dunyo tan olgan buyuk va fozil allomalarning avlodi ekanmiz, mutolaa zavqi hamda kitobxonlik saodati hech birimizni tark etmasin!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!