Yurtimizda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan jami vaksinalar 17,4 million dozadan oshdi

Yurtimizda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan jami vaksinalar 17,4 million dozadan oshdi

🔺14 sentyabrda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 255 739 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:
💉1-bosqich emlanganlar 67 040 nafarni,
💉2-bosqich emlanganlar 127 979 nafarni,
💉3-bosqich emlanganlar 60 720 nafarni tashkil qildi.

❗️Ayni kungacha mamlakatimizda jami 17 435 318 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
💉1-bosqich emlanganlar 10 147 327 nafarni,
💉2-bosqichda emlanganlar 5 432 992 nafarni,
💉3-bosqich emlanganlar 1 854 999 nafarni tashkil qildi.

❗️Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 3 345 225 nafarni tashkil qilmoqda.

📊Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
📌 Andijon viloyati (29 253 doza),
📌Farg‘ona viloyati (26 048 doza),
📌Toshkent viloyati (24 203 doza) band qildi.

🔺Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
📌Farg‘ona viloyatida 1 970 606 doza,
📌Namangan viloyatida 1 896 709 doza,
📌Andijon viloyatida 1 890 210 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!