Yo‘lovchi avtobusi jarlikdan pastga quladi. 24 kishi o‘lgani aytilmoqda

Yo‘lovchi avtobusi jarlikdan pastga quladi. 24 kishi o‘lgani aytilmoqda

Boliviya janubidagi tog‘li hududda yo‘lovchi avtobusining jarlikdan qulashi natijasida kamida 24 kishi halok bo‘ldi va to‘qqizdan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda Associated Press mahalliy polisiya va OAV ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.

Hodisa 12 iyun kuni erta tongda Chukisaka departamentining janubiy mintaqasida, La-Pazdan 400 km janubi-sharqda yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sukre shahriga ketayotgan avtobus haydovchining ehtiyotsizligi tufayli jarlikdan qulagan.

Qutqaruv operasiyasi bir necha soatdan beri davom etmoqda. O‘lganlar va jarohat olganlar soni, ehtimol, oshishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!