Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘oliblari 5 ming dollargacha rag‘batlantiriladi — Prezident qarori

Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘oliblari 5 ming dollargacha rag‘batlantiriladi — Prezident qarori

Prezident qaroriga ko‘ra, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindorlar, ularning trenerlari quyidagicha rag‘batlantiriladi:

G‘olib va sovrindorlar:

➖ oltin medal uchun – 5 000 AQSh dollari;
➖ kumush medal uchun – 3 000 AQSh dollari;
➖ bronza medal uchun – 2 000 AQSh dollari;

G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

➖ oltin medal uchun – 2 500 AQSh dollari;
➖ kumush medal uchun – 1 500 AQSh dollari;
➖ bronza medal uchun – 1 000 AQSh dollari;

boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):

➖ oltin medal uchun – 2 000 AQSh dollari;
➖ kumush medal uchun – 1 000 AQSh dollari;
➖ bronza medal uchun – 500 AQSh dollari miqdorida bir martalik pul mukofotlari.

Bundan tashqari, g‘olib va sovrindorlar, trenerlar qo‘shimcha ravishda mahalliy byudjetdan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

G‘olib va sovrindorlar:

➖ oltin medal uchun – BHMning 300 baravari;
➖ kumush medal uchun – BHMning 200 baravari;
➖ bronza medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida;

G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

➖ oltin medal uchun – BHMning 200 baravari miqdorida;
➖ kumush medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida;
➖ bronza medal uchun – BHMning 50 baravari miqdorida


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!