Yozda yostiqlar odatdagidan iflosroq bo‘ladi
Yozgi jaziramada ko‘p odamlar uxlayotganda terlashadi, bu esa yostiq jildlarini odatdagidan ko‘ra ko‘proq ifloslantiradi. Olimlarning ta’kidlashicha, yostiqlarda hojatxonaga qaraganda ko‘proq bakteriyalar bo‘lishi mumkin.
Yostiq jildingizdagi bakteriyalar asosan sizniki va xavfli emas, deb tushuntiradi doktor Garet Nay. Shu bilan birga, ularning soni hayratlanarli darajada katta bo‘lishi mumkin. Bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, odatdagi yostiqda 16 turdagi zamburug‘ va millionlab qo‘ziqorin sporalari bo‘lishi mumkin.
Tibbiyot mutaxassislari mikroblarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun haftada bir marta yostiq jildi va choyshablarni yuvishni tavsiya qiladi.
Nayning so‘zlariga ko‘ra, bir haftadan so‘ng yostiq jildida hojatxona o‘rindig‘iga qaraganda 17 000 ko‘proq bakteriya koloniyalari bo‘lishi mumkin.
Aksariyat odamlar kechasi 500 dan 700 millilitrgacha ter ishlab chiqaradi, bu esa bakteriyalar va zamburug‘lar uchun nam muhit yaratadi. Shuningdek, biz kuniga taxminan 500 mln teri hujayralarini yo‘qotamiz, ularning aksariyati to‘shakda qoladi.
Bu omillarni e’tiborsiz qoldirish zamburug‘lar va o‘lik teri hujayralari bilan oziqlanadigan chang kanalarini olib kelishi hamda allergiya va astmani chaqirishi mumkin. Shuning uchun, ayniqsa, yozda choyshablarni tez-tez almashtirish muhim ekan.
Bakteriya va zamburug‘larni kamaytirish uchun mutaxassislar poliyesterdan ko‘ra paxta yoki zig‘ir choyshablaridan foydalanishni maslahat berishadi va yotoqni uyg‘ongandan so‘ng darhol ochiq qoldirib, shamollatishni maslahat berishadi.