Yil boshidan beri AQShda 146 ta ommaviy otishma sodir bo‘ldi
Joriy yil boshidan beri AQShda kamida 146 ta ommaviy otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda seshanba kuni Gun Violence Archive tadqiqot tashkiloti o‘z saytida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilning dastlabki 4 oyida qariyb 5 ming kishi o‘qotar quroldan foydalangan holda zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan, 9 mingga yaqin kishi jarohatlangan.
Dushanba kuni AQShning Luisvill shahrida (Kentukki) Old National bank filialida ushbu moliya institutining 23 yoshli xodimi Konnor Sterjen uyushtirgan otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari vakillarining aytishicha, Sterjen AR-15 miltig‘i bilan qurollangan.
Gun Violence Archive ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Qo‘shma Shtatlardagi otishmalar 43,6 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan. O‘tgan yili 37,9 mingdan ortiq kishi, jumladan, 4,4 ming nafari bolalar jarohatlangan. 1,6 mingdan ortiq bola vafot etdi.
O‘qotar qurolga egalik qilish huquqi AQSh Konstitusiyasiga kiritilgan ikkinchi tuzatish bilan kafolatlangan.
