Yashnobodda mashinalar ustiga daraxt qulab tushdi

Yashnobodda mashinalar ustiga daraxt qulab tushdi

Joriy yilning, 1-aprel kuni Toshkent shahrida daraxt avtomobillar ustiga qulab tushdi. Hodisa Yashnobod tumani, Sodiq Azimov ko‘chasida, taxminan soat 17:50 atrofida sodir bo‘lgan.

Daraxt ag‘darilishi oqibatida ikki mashinaga jiddiy shikast yetgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, voqea joyida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari va maxsus texnika bilan ishlaydigan ishchilar ishlamoqda.

Ma’lumot uchun, yiqilgan daraxt sog‘lom ko‘rinadi, nima sababdan qulagani hali aniq emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!