Yashnobodda 13 kg iste’molga yaroqsiz yogurt savdodan olindi

Yashnobodda 13 kg iste’molga yaroqsiz yogurt savdodan olindi

Yogurt ichaklar uchun yaxshi bo‘lgan laktobakteriyalar bilan achitilgan sut mahsuloti. Laktobakteriyalar organizm uchun foydali bo‘lgan ozuqa moddalarini qayta ishlaydi. 1 stakan yogurtda 8 gr oqsil, 400 mg kalsiy, kaliy va «B» darmondorilari mavjud.

📌Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi sanitariya bo‘linmasi mas’ul xodimlari tomonidan Yangiobod ixtisoslashtirilgan bozori hududida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida belgilanmagan joyda, iste’molga yaroqsiz bo‘lgan 13 kg yogurt mahsuloti savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

🔹Shundan so‘ng, o‘rganish davomida sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga mahsulotlarga qo‘yilgan sanitariya-gigiyenik talablar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!