Yaponiyada tovlamachilik qilgan taniqli mafiya to‘dasining olti a’zosi hibsga olindi

Yaponiyada tovlamachilik qilgan taniqli mafiya to‘dasining olti a’zosi hibsga olindi

Kyodo agentligining payshanba kuni tarqatgan xabarida aytilishicha, ular orasida mamlakatda eng yirik hisoblangan «Yamaguti-gumi» sindikati yakudzasi bilan aloqador bo‘lgan guruhlardan birining rahbari ham bor.

Qamoqqa olingan mafiyachilar ko‘cha sovdogarlari assosiasiyasidan pul talab qilganlikda ayblanmoqda. Xabarda keltirilishicha, jinoyatchilar shu yo‘l bilan 1 million iyena (7 ming dollar) o‘zlashtirgan. Shundan keyin Kobe shahrida «Yamaguti-gumi» sindikatining ofisi tintuv qilingan.

Yaponiyada 2021 yilda uyushgan jinoyatchilar guruhi soni 2,3 mingtaga qisqargan edi. Hozirda ularning soni taxminan 24 ming atrofida. Ushbu ko‘rsatkich qatorasiga necha yildirki pasayib bormoqda.

Polisiyachilarning ta’kidlashicha, yakudzalar sonining kamayib borayotgani uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash yaxshi yo‘lga qo‘yilgani natijasidir, shuningdek, ular moliyaviy mablag‘ qidirishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda va bu ham jinoyatchilar sonining kamayib ketayotganiga sabab bo‘lmoqda.

Mamlakatda eng yirik jinoiy sindikat hamon «Yamaguti-gumi» bo‘lib qolmoqda. Ushbu tashkilot ko‘plab mayda to‘dalarni birlashtiradi. Ularning soni taxmina 8,2 mingta. Kattaligi jihatidan ikkinchi guruh 2015 yilda «Yamaguti-gumi»dan ajralib chiqqan «Kobe Yamaguti-gumi» to‘dasi hisoblanadi. Ularning safida taxminan 2,5 ming yakudza faoliyat yuritadi. Ushbu sindikatlar o‘rtasida qarama-qarshilik saqlanib qolmoqda, ba’zan qarama-qarshiliklar o‘zar qurolli to‘qnashuvlarga ham aylanib ketadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!