KXDR harbiylari delegasiyasi rahbari Moskvada cho‘kib ketdi

KXDR harbiylari delegasiyasi rahbari Moskvada cho‘kib ketdi

Erkak “Angstrem” plyajiga dam olish uchun borgan, oradan bir necha soat o‘tgach uning hamkasblari to‘polon ko‘tarib, polisiyaga murojaat qilgan. Chet ellik mehmonni bir necha soat qidirib topa olishmagan. Ertasi kuni KXDR fuqarosining jasadi suv yuziga qalqib chiqqan.

Reutersʼning qayd etishicha, vafot etgan fuqaro Kim Ir Sen nomidagi harbiy universitetga rahbarlik qilgan. Kim Kum Cheol Moskva va Pyongyang o‘rtasida umumqamrovli strategik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolanganidan so‘ng Rossiyaga ikki davlat o‘rtasidagi almashinuv doirasida kelgan elita delegasiyaga rahbarlik qilgan. Tashrifning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!