Yaponiya yangi tashqi ishlar vaziri: Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni davom ettiradi, lekin milliy manfaatlarni hisobga oladi

Yaponiya tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari Yoko Kamikavaning aytishicha, Tokio Rossiyaga qarshi sanksiyalarni davom ettiradi, biroq ayni paytda Moskva bilan munosabatlarda milliy manfaatlaridan kelib chiqadi.
“Mamlakatimiz Rossiyaga qarshi kuchli sanksiyalarni qabul qildi va ularni davom ettirish niyatida”, — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Shu bilan birga, Kamikava aniqlik kiritishicha, baliq ovlash kabi iqtisodiy faoliyatda, shuningdek, dengiz xavfsizligi masalalarida Yaponiya milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda harakat qiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)