Yaponiya Erdo‘g‘onni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Yaponiya Erdo‘g‘onni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Yaponiya hukumati Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni davlat rahbari etib qayta saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Tokiodagi matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Masuno ma’lum qildi. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirmoqda.

Masuno ta’kidlaganidek, Yaponiya Turkiyani strategik hamkor deb atagan holda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish ustida ishlashni davom ettiradi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlik Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha – “mintaqaviy tinchlik va barqarorlik uchun” olib boriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!