Yaponiya bosh vaziri Kim Chen In bilan uchrashishga tayyor

Yaponiya bosh vaziri Kim Chen In bilan uchrashishga tayyor

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida BMT Bosh assambleyasining 77- sessiyasi minbarida so‘zga chiqib, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

"Yaponiya bosh vaziri Dzyun’itiro Koidzumi bilan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Ir o‘rtasida Pxenyan deklarasiyasi imzolanganiga 20 yil bo‘ldi.

Ushbu hujjatda e’lon qilingan masalalar, jumladan, Yaponiya fuqarolari (Shimoliy Koreyada 1970-80 yillarda majburan ushlab turilgan), yadroviy va raketa dasturlar, qayg‘uli o‘tmishni baholash va munosabatlarni yaxshilashning kompleks yechimlari hali o‘zgarmagan. Yaponiya ikki mamlakatni qiziqtirayotgan barcha masalalarni muhokama qilishga tayyor. Shaxsan men Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorman. Men birorta ham imkoniyatni qo‘ldan bermay bor kuch-g‘ayratimni ishga solishga tayyorman", – dedi Kisida. Kisida o‘tgan hafta oxirida Yaponiyaga "Nanmadol" tayfuni yopirilishi sababli Nyu-York shahriga bir kun kechikib kelgandi.

20-26 sentyabr kunlari Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasining yuqori darajadagi 77-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!