Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya Ronald Reagan samolyot tashuvchisi bilan Yapon dengizida mashg‘ulotlarni boshladi

Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya Ronald Reagan samolyot tashuvchisi bilan Yapon dengizida mashg‘ulotlarni boshladi

Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya Amerikaning “Ronald Reagan” aviatashuvchi kemasi ishtirokida Yapon dengizida qo‘shma mashg‘ulotlarni boshladi.

Bu haqda Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Xususan, mashg‘ulotlar davomida tomonlar dushmanning potensial suv osti kemalariga qarshi kurashish bo‘yicha qator qo‘shma vazifalarni ishlab chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya va AQSh Yapon dengizi uzra qo‘shma havo mashqlari o‘tkazgani ma’lum bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!