Yapon siyosatshunosi: Afg‘onistonni yangi fuqarolar urushi kutmoqda

Yapon siyosatshunosi: Afg‘onistonni yangi fuqarolar urushi kutmoqda

Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi yapon mutaxassislaridan biri, Tokio chet tillar universiteti qoshidagi tadqiqot markazi xodimi Masato Toriya Afg‘onistondagi vaziyatga ishonchsizlik bilan qarashini bildirdi.
Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha ko‘plab ishlar muallifi Toriyaning fikricha, toliblar na boshqaruv tajribasiga, na kerakli kadrlarga ega.
"Tolibon" o‘n yilliklar davomida urush qilgan, u mutlaqo boshqaruv tajribasiga ega emas. Joriy ishlar bilan shug‘ullanishga qodir inson resurslariga ham egamas", - deya tushuntiradi Toriya.

Yapon mutaxassisini fikricha, Afg‘oniston qo‘shni davlatlar yordamida iqtisodni barqarorlashtirishga erishishi mumkin, ammo bu muammoni 40 yillik urushdan keyingi zaiflashuv tufayli to‘liq yechishning imkoni yo‘q.
Siyosatshunos so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston fuqarolari turmush sharoitining shiddatli yomonlashuvini to‘xtatishga urinish norozilik kuchayishiga olib kelishi, bu esa istiqbolda "Tolibon" harakati ichki tuzilmasida darz ketishlarni yuzaga keltirishi mumkin.
"Afg‘onistondagi vaziyat sekin-asta fuqarolik urushiga aylanib ketishini inkor qilib bo‘lmaydi", - deya ta’kidladi Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassis.
Masato Toriyaning fikricha, Afg‘onistondagi falokatning oldini olish uchun Afg‘onistonga nafaqat qo‘shni davlatlar, balki AQSH, Yevropa ittifoqi, Yaponiya va Rossiyaning ham ko‘pqirrali ko‘magi kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!