Yapon imperatori taqdirlagan o‘zbek go‘rkovi

A A A
Yapon imperatori taqdirlagan o‘zbek go‘rkovi

Mozorga yo‘qlov

Qabristonni ziyorat qilib turinglar, zero, u sizlarga oxiratni eslatadi.

Hadisi sharif

Men bu insonni izlab Toshkentdagi Yakkasaroy qabristoniga bordim. Jimjit maskanda turli-tuman qabrlar do‘mpayib turardi. Ammo bu dargoh kimsasiz emas, kimdir marhum otasi ko‘milgan qabrni tartibga keltirayapti, boshqa birovlar obodonchilik yumushi bilan band. Mozor ozoda, pokiza.

Miroqil aka ayol-ishchilarga ish taqsimlab berayotgan ekan. Keyin menga yuzlandi. Ilk uchrashuvdayoq ming yillik qadrdonimni ko‘rgandek bo‘ldim. Jussasi kichik, chehrasi ochiq, samimiy bu qariyaning yuzida qandaydir nur bor edi.

– Miroqil Fozilovman, Oqil ota ham deyishadi, 1941 yil 21 oktyabrda tug‘ilganman. Otajonimning ishini davom ettirayapman. U kishi oltmish yil qaradi shu mozorga. Pensiyaga chiqquncha ishlagan. Pensiyadan so‘ng akam ishlagan, keyin esa men keldim. 1972 yilda ham ishlagan edim, o‘shanda akamning tobi bo‘lmay qolgandi. 1980 yili qayta keldim.

Miroqil otaning ilk bor qabr kavlagani yodida. O‘shanda Oloy bozori tomonda mozor buzilgan, shahardagi barcha go‘rkovlarni chaqirib, suyaklarni olish buyurilgan edi. Fozil ota ham borib, ish bilan andarmon bo‘ldi. O‘lim so‘rab yo‘lamaydi – bu yoqda aza chiqib qoldi: mahalladagi Mahammat aka degan kishi vafot etdi. O‘n olti yashar yigitning ana shu marhum uchun qabr qazishiga to‘g‘ri keldi. Chunki otasi peshinga yetib kelaman deb ulgurmadi. Marhumning jussasi ilk bor go‘r kavlagan go‘rkovniki singari kichik edi, rasm-rusumi ado etib dafn qilindi. Yosh go‘rkov qo‘rqmadi, chunki o‘shanda ularning uyi shu qabriston hududida, o‘zi esa otasiga yordam berib, hammasini ko‘rib-bilib yurardi.

O‘sha kuni boshqa mozordagi suyaklarni ko‘chirgan Fozil ota Yakkasaroy qabristonida ne-ne marhumlarni dafn etmagan deysiz! Millatiga qarab o‘tirmadi. O‘z ishini, o‘z burchini ado etdi. Jumladan, yapon asirlarini yakka o‘zi ko‘mdi.

79 majruh musofir

Urush — qirollar ermagi.

Ingliz maqoli

Urushni qirollar boshlaydi, xalqlar, elatlar jabr ko‘radi. Ayniqsa, askarlar o‘ladi, mayib-majruh bo‘ladi. 1945 yili Ikkinchi jahon urushida Kvantun armiyasi sovet qo‘shinlaridan yengilgach, yapon jangchilari qurshab olindi. Ularning aksariyati o‘zini o‘ldirishga ulgurdi, qolgani Sovet ittifoqi qo‘shinlari tomonidan asir olindi. Shundan so‘ng yapon mahbuslari ko‘plab respublikalarga og‘ir ishlarga yuborildi. Jumladan, O‘zbekistonga yigirma uch ming harbiy asir jo‘natilgan.

Ularning yordami bilan Toshkentda Navoiy, Muqimiy teatrlari, markaziy telegraf, madaniyat vazirligi binolari, to‘qimachilik kombinati qurildi. Shuningdek, Chirchiqda ikkita zavod, kimyogarlar madaniyat saroyi bunyod etildi. Yapon asirlari yuqori voltli elektr tarmog‘ini Bekoboddan Toshkentgacha tortib kelishdi. Farhod GESi qurildi. Ma’muriy va yashash joylari, yo‘llar, to‘g‘onlar barpo etildi.

Sobiq ittifoq bo‘ylab ishga yuborilgan yapon asirlarini sekin-asta o‘ldirib yuborish haqida markazqo‘mning maxfiy buyrug‘i bo‘lgan, hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar tufayligina bu qatliom amalga oshmay qolgan. «Ojiz, notavon odam — dengizga tashlangan qayiq misoli», — deyiladi yapon maqolida.

Bu sobiq harbiylarning yoshi 20-30 da bo‘lib, 1945 yildan 1949, ba’zilari 1950 yilgacha O‘zbekiston hududida edi. 800 dan ziyod askar turli sabablarga ko‘ra shu yurtda hayotdan ko‘z yumdi. Toshkentning Yakkasaroy qabristonida 79, Toshkent viloyatida 8, Qo‘qonda 240, Andijon viloyatida 32, Bekobodda 146, Bo‘stonliqda 13, Farg‘onada 2, Angrenda 133, Buxoroda 153 nafar yapon asiri dafn etilgan.

– Toshkentga yuborilgan asirlarni tekstil kombinati binosida asrashgan, – deydi Miroqil ota. – Bu yerga keladigani ikki yuz ellik nafarcha edi. Ular elektr stansiyasi qurishar, qabriston yonidagi ko‘chadan yayov olib o‘tilardi. Orasida yoshlari ko‘p edi. Bizni ularning yog‘och oyoqkiyimi o‘ziga jalb qilardi. Bunday poyabzalda odimlash uchun asirlar oyog‘ini baland ko‘tarib yurishga majbur bo‘lardi. Onajonim nihoyatda ko‘ngli bo‘sh odam edi. Soqchilar qurshovidagi yapon asirlarini ko‘rib yig‘lardi. Uyimiz ular olib o‘tiladigan ko‘chaga yaqin bo‘lgan. Shaftoli, olma, uzum o‘sib yotar, onam bu mevalarni uzib, yaponlarga berardi. Soqchilar indamasdi.

Etmish to‘qqiz nafar yapon asirining peshonasiga Toshkentda o‘lish yozilgan ekan. Ular shu qabristonda dafn etildi. Fozil ota yetmish to‘qqizta go‘r kavladi, yetmish to‘qqiz marta duo o‘qidi, yetmish to‘qqiz jasad ko‘mdi.

– Otajonim «Birov yetmagan, qaragin, musulmonchilik, Alloh bitta» der edi, – xotiraga cho‘madi Miroqil ota. – Yoz paytlarida yonib ketmasin deb vaqtli turib o‘t o‘rardi. Uyimiz mana shu qabriston hududida edi. Keyinroq otam yaponlar ko‘milgan joy atrofidan paxsa devor urib chiqdi. Biz bochkada suv tashib, loy qoriganmiz.

Ma’lum vaqt o‘tgach paxsa devor beton blok bilan almashdi. 1990 yili Yaponiya bilan bordi-keldi kuchaygach, beton devor olib tashlanib, panjara o‘rnatildi.

Elchi tiz cho‘kkan kun

Yutuqning kaliti – mehnatda.

O‘zbek maqoli

Fozil ota qabristonga oltmish yil qaradi. U kishining vafotidan so‘ng, mana qirq yilki, Miroqil ota aslo nazoratni kanda qilmaydi. Oilada to‘rt o‘g‘il, ikki qiz edilar. Miroqil ota – to‘rtinchi farzand. Katta akasi haydovchi, opasi hamshira bo‘lgan. Bugun do‘xtir singlisi bilan o‘zi qoldi. Bir vaqtlar xuddi padari buzrukvorining qavatida yordamchi bo‘lgani kabi endi o‘zining o‘g‘illari ham Miroqil otaga ko‘makchi. Uch o‘g‘li, ikki qizi bor. Ikki o‘g‘li Miroqil otaning ishini davom ettirmoqda, biri esa bankda faoliyat ko‘rsatadi.

Yaponiya hukumati O‘zbekistonda ko‘milgan marhum fuqarolariga ko‘rsatilgan ehtiromni aslo e’tiborsiz qoldirmadi. Dastlab elchixonadan kelib Miroqil ota bilan suhbatlashishdi. Keyin sakura ko‘chatini ekib ketdilar. Yoz oylarida sakurani har kuni sug‘orishga to‘g‘ri keladi, aks holda quriydi. Miroqil ota ko‘chatlarga suv quyib, asrab-avayladi, tozalik, obodonchilikka azaldan o‘ch emasmi, ulkan qabristonning bir qismi bo‘lmish yapon mozorini ham orasta, pokiza saqladi. Miroqil Fozilov haqida Yaponiyadagi gazetaga yozib chiqishdi. Bu esa yanada yaponlarning e’tiborini tortdi, qabristonga keladiganlar ko‘paydi. Otaxonni yaxshi tanib qolishgan. Uzoqdan ko‘rib, «Mirakil, Mirakil» deb kelaverishadi.

2017 yilning 16 dekabrida Miroqil ota Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga taklif qilindi. Otaxon yaqinlari bilan birga bordi. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligidan vakillar, jurnalistlar ham kelishdi. Dastavval miting, so‘ng taqdirlash marosimi bo‘ldi. Yapon elchisi Miroqil akani imperator ordeni bilan taqdirladi. Darajasi jihatidan oliy edi bu mukofot.

«Yaponiya imperatori imperator saroyida O‘zbekiston fuqarosi Fozilov Miroqilni kunchiqar quyosh va kumush nurlari ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida muhr qo‘ydi», — deb yozilgandi. O‘zbekistonlik go‘rkov, ota ishining davomchisi chiroyli va sharafli mehnati tufayli yapon imperatorining nufuzli mukofotiga munosib ko‘rilgan edi. Ordenni taqar ekan, elchi janoblari cho‘kkalab, Miroqil otaning oyog‘ini o‘pmoqchi bo‘ldi. «Nima qilayapsiz?», — deb darhol uni ko‘tarib oldi Miroqil ota. Ko‘zda yosh, hayajonli daqiqalar edi hamma uchun. Shundan so‘ng barchani to‘kin dasturxon atrofiga taklif qilishdi. Bu otaxon hayotidagi eng unutilmas kun bo‘ldi. Hozir Yaponiya safariga taklif qilishgan.

– Xudoga shukur, Alloh meni yurg‘azib qo‘yibdi, – deydi Miroqil ota. – Pensiyaga chiqqan bo‘lsam ham ishlagan maskanimdaman. Rahbarlar qo‘yishmadi, ishlab turasiz deyishdi. Ancha yumushlarni amalga oshirdik. Ushbu qabriston obodonchilik bo‘yicha shaharda birinchi o‘rinda turadi. Men har kuni bir aylanib chiqaman. Supurish, gullarni o‘tash, daraxtni butash kabi ishlar bor.

Aytib bo‘lmaydigan sirlar

Avom xalq orasida mayitlar bilan bog‘liq turli gap-so‘zlar yuradi. Marhumlar ruhi go‘rkovlarni bezovta qiladi deyishadi. Gohida murda o‘lmagan, komaga tushgan bo‘ladi-yu tirilib ketadi deydiganlar ham bor.

– Yo‘q, bunday hodisalar ro‘y bermagan, – deydi Miroqil ota. – Bu ishni qiladiganlar nihoyatda pok bo‘lishlari kerak. Aks holda mayib qilib qo‘yadi. Alohida e’tibor qaratib, ozoda bo‘lib, birovga yomon gapirmay, shirinso‘z bo‘lish kerak. Ne-ne odamlar oldimga kelishadi, Oqil aka, siz bilan suhbatlashaylik deyishadi. Go‘rkovlik ham oddiy yumush, ammo eng asosiy sirlarni aytib bo‘lmaydi. Aslida shariatda har bir mo‘min musulmon go‘rkovlik, g‘assollik qilishi kerak deyiladi. Ota vafot etsa o‘g‘il, onani qizi yuvishi kerak. Ba’zilar o‘zim qo‘yaman desa, mayli, lahadga qo‘yib chiqaversin.

Miroqil otaning shogirdlari har xil mozorlarda ishlashayapti. Bu yil yapon mozoriga yaponlarning tashrifi yanada ko‘paydi. Bir kunda uch-to‘rt mahal kelishayapti.

Sovet davrida bir voqea bo‘lgan. Raykom kotibi ayol kishi edi. Uzun qora plash kiyib, qora ko‘zoynak taqib kelardi mozorga. Aylanib chiqardi. Birorta ota o‘g‘illari bilan qabrni ziyorat qilayotgan bo‘lsa, nega bolasini ergashtirib keladi deb do‘q urardi. Otasi, onasi o‘lganida ayrimlar janozada qatnasha olmagan, aks holda ishdan bo‘shatilgan.

– Bugun prezidentimiz shuncha sharoit yaratayapti, – deydi samimiy ohangda Miroqil ota. – Hamma joy tinch-osoyishta. Dinimizga keng yo‘l ochib berdi. To‘g‘ri yur, namozingni o‘qi deyapti. Turli oqimga kirganlar, adashib qolganlar kechirilmoqda. Yaponiya imperatori, yapon xalqiga ham rahmat, bizning mehnatimizni e’tiborga olgani uchun.

Fozil ota avliyosifat inson edi. 1993 yili 99 yoshda vafot etdi. Oyimbuvi esa 85 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.

Hajdagi g‘aroyib voqealar

2008 yili Miroqil otaga hajga borish baxti nasib etdi. Uch kun Madinada bo‘lishdi, to‘rtinchi kuni ziyoratchilarni Makkai-mukarramaga olib ketishdi. Miroqil ota Ka’bani birinchi tavof qilishida: «Marhum ota-onamga bag‘ishlayman, bilib-bilmay qilgan gunohlarim bo‘lsa kechirgaysan. Qabul qilguvchi o‘zingsan», — dedi. Allohdan astoydil so‘radi. Ka’baning yarmiga borganida ro‘parasida... marhum ota-onasining qo‘llaridan ushlagan o‘zining ayoli paydo bo‘ldi. Xuddi plakatga solib qo‘ygan rasmdagidek. Fozil ota duo qilardi: «Bolam, bardam bo‘l, xudo quvvat beradi, amallarni bajarasan». Duoning sharofati edi bu. Miroqil ota ham, xotini ham qo‘llaridan kelgancha Fozil otaning duolarini olishgan. Ko‘p duo qilib ketgan.

O‘sha yerda yig‘ladim, dodladim. Mirahmad aka degan sherigimizga aytdim. Otajonim duo qilayapti dedim. Xuddi hozirgi manzaradek aniq edi hammasi. Otam judayam e’tiqodli bo‘lgan.

Yigirma bir va o‘n yetti kunlik safar ham o‘tdi. Ertalab avtobus hoji bo‘lganlarni aeroportga olib ketishi kerak. Yotoqxonadagi bo‘lmada olti kishi edilar. Erta tongda vaqtli turib, bomdod namozini o‘qib bo‘lishdi. Miroqil ota Ka’badagi, O‘zbekistondagi hayotga tinchlik tilab, o‘tganlarni duo qilib, omin deyishi bilan... otasi shundoq joynamozga kelib cho‘kkaladi. «Bolam, biz qaytdik, sen eson-omon borasan», — dedi. Miroqil ota yana yig‘lab dod soldi. Sheriklari hayron. «Hozirgina otajonim xayrlashib ketdi. Yolg‘on bo‘lsa, Allohning aziz joylarida o‘tiribman, Allohning qahriga uchrayman», — dedi Miroqil ota ko‘z yoshlarini tiya olmay. Padari buzrukvori ko‘p aytardi, «Bolam, to‘g‘rilikka yetmaydi», — derdi.

Yaponlar taqdirlashdi. Biz esa... aksincha!

Miroqil ota kunchiqar mamlakat ordenini doim yonida olib yuradi. Maqtanish uchun emas, aslo! Ulug‘ insonlarga bunday qilish yot! Miroqil otadan ordeni haqida juda ko‘p so‘rashadi, sababi shu. Men ham suhbat asnosida shu orden bilan qiziqdim. Miroqil akaning ko‘ksiga taqtirib suratga oldim. Yaponiya imperatorining nafaqat Miroqil akaga, balki o‘zbek xalqiga ham ehtiromi kabi tuyuldi bu. Miroqil aka ham shuni e’tirof etdi. Hammasi yaxshi, biroq...

Olisdagi Yaponiya o‘zbek go‘rkoviga shu qadar ehtirom ko‘rsatgan ekan, biz-chi? Nima qildik? Necha yillardan buyon qabristonda musulmonchilik an’analariga ko‘ra halol ishlayotgan keksa otaxonga qanday munosabatda bo‘ldik? Qay tarzda taqdirladik? Javobi oddiy: siyqasi chiqqan yondashuv asosida qo‘liga faxriy yorliqlar tutqazib qo‘ydik, xolos! Eng ayanchlisi esa...

Miroqil otaning padari buzrukvori Fozil otaning o‘limidan bir yil o‘tib, qabristonga u kishining nomi qo‘yilgan edi. Orada yigirma to‘rt yil «Fozil ota» bo‘lib kelgan ushbu mozor o‘tgan yildan e’tiboran Yakkasaroy qabristoni deb atala boshlandi. Sababi tushuntirilmadi, izoh berilmadi. Bizda shunday axir: Shomahmudovlar haykali ham markazdan ancha nariga ko‘chirilgan, hech qanday izohlanmagan. Xalq esa eski gapni aytib yuravergan: «Nachora, kimgadir kerak bo‘libdi...». Ajabo, oltmish yil halol, pokiza mehnat qilgan, nafaqat o‘zbek millati, balki boshqa xalqlar vakillarini ham Allohning bandasi deb qabul qilgan, ularning jasadini kimsasiz qoldirmay dafn etgan Fozil ota nomi kimga og‘irlik qilgan edi?..

Ishoning. Miroqil ota hech kimdan mansab-martaba, mukofot so‘ramaydi. U halol xizmatiga xudodan ajr kutadi, xolos. Va bu o‘z mevasini beradi.

Bir yili marhum ayolni dafn etdi. Xizmat haqiga tugun qoldirib ketishibdi. Miroqil ota tugunni ochib qarasa, marhumning tanglay tishlari ekan, hammasi tilla. Olib qo‘ydi. Uch kundan keyin marhumning o‘g‘li kelganida tugunni qaytarib berdi. Oradan roppa-rosa yigirma yil o‘tib, xuddi shu sanada Miroqil otani chiroyli mashinada yo‘qlab kelishdi. Bir erkak u bilan quchoqlashib ko‘rishdi, quyuq so‘rashdi. O‘zini tanishtirdi. Yigirma avval dafn qilingan marhum ayolning o‘g‘li ekan. «O‘shanda onamdan judo bo‘lganimda bolalarim o‘qirdi, – dedi u. – Juda qiynalgan paytim edi. Bir-ikki o‘rtog‘imdan yordam so‘radim, berishmagan. Uch kundan keyin qabristonga kelsam, siz qo‘limga tugun berdingiz, qaramasdan olib qaytibman. Uyga borib qarasam, onajonimning tilla tishlari ekan, o‘shani sotib, marosimlarni o‘tkazganman. Xudoga shukur, bugun o‘g‘illarim yonimga kirib, mana, mashinalar bor, hamma shart-sharoitim yaxshi. Sizga boshdan-oyoq sarpo olib keldim». Miroqil ota qancha unamasin, u qo‘yarda-qo‘ymay in’omlarini otaxonning qo‘liga tutqazdi.

Ha, xudoyim yetkazsin.

Manba: xabar.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Samolyot Toshkent shahriga yetmay aviafalokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Йўловчи самолёти қўнишга яқинлашганда ҳаво диспетчери ва экипаж ўртасидаги алоқа узилиб қолди

Jennifer Lopes konsertidan so‘ng "Bunyodkor" stadionining ahvolini ko‘rdingizmi? (Foto)

Кеча "Бунёдкор" стадионида жаҳон машҳур қўшиқчи Женнифер Лопеснинг концерт дастури бўлиб ўтди.

Aholiga subsidiya o‘rniga foizsiz qarz beriladi

2025 йилдан бошлаб аҳоли бандлигини таъминлаш мақсадида давлат томонидан ажратиладиган субсидиялар босқичма-босқич бекор қилинади.

Ichki ishlar vazirligi semiz xodimlarni ishdan bo‘shatadi

Унга кўра, 20 минг киши жисмоний тайёргарлиги текширувидан ўтказилди ва улардан 30 нафари ишдан бўшатилди

Xamzat Chimayev: "U meni yo‘q qilib tashlaydi"

UFC жангчиси Хамзат Чимаевнинг айтишича, UFC 308 турнирида Роберт Уиттакерда ғалаба учун имконият бўлмаган.

Avstriyalik olimlar vaqtni orqaga qaytarishni o‘rganishdi

Бу илм-фандаги фундаментал инқилобдир — нима юз берганини қисқача тушунтирамиз

70 yoshdan oshgan haydovchilarga rulga o‘tirish taqiqlanadi

Шунингдек, суғуртасиз машина ҳайдаганларга кўпроқ жазо бериш ва камера таний олмайдиган автомобиль рақамлари муаммосини ҳал қилиш чоралари ҳам кўриб чиқилмоқда.

Krishtianu Ronaldu ikki og‘iz so‘z bilan "Oltin to‘p"ni tanqid qildi

Куни кеча "Олтин тўп" учун 30 нафар номзоднинг рўйхати эълон қилинди.

AQShdagi uyga yoshi Yernikidan katta meteorit qulab tushdi

Таъкидланишича, метеорит тахминан 4,56 млрд. йил аввал пайдо бўлган

DXX: Ichki ishlar organlarining poraxo‘r xodimlari qo‘lga olindi

ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Bog‘cha bolangiz bormi? Har oy 618 ming so‘m yordam puli olishingiz mumkin!

Ҳукуматнинг 2025 йил 31 июлдаги қарорига кўра, давлат томонидан камбағал оилаларга махсус моддий ёрдам пули тўлаб берилади.

Namanganlik otaxon rekord jarimani «ishlab oldi»

Наманган вилоятида «Gentra» русумли автотранспорт воситасида 82 маротаба йўл ҳаракатлари қоидаларини бузган отахоннинг машинаси хатланди.

OTMga davlat granti va to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish ballari belgilandi

2025/2026 ўқув йили учун олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонларида минимал ўтиш бали ўзгаришсиз қолди.

AQSh "tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi": Turkiyaning ruxsatisiz Qora dengizga yadroviy suv osti kemalarini joylashtira olmaydi

Бу ҳақда Türkiye нашри Туркия нашри халқаро ҳуқуқ бўйича экспертларга таяниб ёзди.

Yangi tariflardan g‘azablangan ittifoqchilar Trampning "eng zaif nuqtasiga" zarba berishdi

Бу ҳақда Politico таҳлилий мақоласида айтилмоқда.

Alyaska — bu Putinning shaxsiy g‘alabasimi?

Владимир Зеленский АҚШда бўлиб ўтадиган Дональд Трамп ва Владимир Путин учрашувини Россия етакчисининг “шахсий ғалабаси” деб атади.

Di Kaprio qaysi filmni rad etganidan afsusda ekanligini ochiqladi

Ди Каприонинг интервьюси Esquire нашрида чоп этилди.

Putin urushni to‘xtatsa Tramp unga "syurpriz" taklif qilishga tayyor

Бу ҳақда The Daily Telegraph манбаларга таяниб ёзмоқда.

Tinchlik evaziga Alyaskami?

Дональд Трамп Владимир Путинга Украинадаги урушни тугатиш эвазига Аляска ресурсларидан фойдаланиш ҳуқуқини ва санкцияларнинг қисман бекор қилиниши таклифини кўриб чиқмоқда.

Isroil g‘azoliklarni Janubiy Sudanga ko‘chirmoqchi

Исроил бош вазири Ғазо аҳолисининг катта қисмини кўчириш ғоясини “ихтиёрий миграция” деб атамоқда.

Rossiyalik siyosatchidan yangi tashabbus: «Bir sinfga — bir migrant»

Россиянинг «Новые люди» партияси етакчиси Алексей Нечаев «Бир синфга — бир мигрант» ташаббуси билан чиқди.

Saudiya Arabistonida oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Ўзбекистон элчихонаси ва Саудия Арабистони Ташқи ишлар вазирлиги ҳамкорлигида амалга оширилган ишлар натижасида унинг мамлакатдан чиқиши учун виза расмийлаштирилди.

Tayvanga kuchli “Podul” tayfuni yopirildi

Тайфун зарбаси натижасида 30 дан ортиқ одам жабрланган.

Urgutda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Бу ҳақда Самарқанд вилояти ЙҲХБ ахборот хизмати хабар берди.

Kelesda bojxonachilar tarkibida zararli modda bo‘lgan ozdiruvchi mahsulotlarni fosh qildi

Марказий божхона лабораториясида олиб борилган экспертиза таҳлилларидан сўнг мазкур чой ва қаҳвалар, капсулалар таркибида “сибутрамин” моддаси мавжудлиги аниқланди.

AQShda logistika poyezdining 35 ta vagoni relsdan chiqib ketdi

Ҳодиса сабаби номаълум, айни дамда тергов олиб борилмоқда.

G‘azoda Isroil hujumlari qurbonlari soni 61 722 nafarga yetdi

2023 йил 7 октябрдан бери Исроил армиясининг Ғазо секторига қилган ҳужумлари натижасида ҳалок бўлган фаластинликлар сони 61 722 нафарга етди. Фақатгина сўнгги бир сутка ичида эксклавдаги Исроил ҳужумлари оқибатида яна 123 киши ҳалок бўлди.

Isroil elchisi YEIni G‘azo masalasida Isroilga bosim o‘tkazmaslikka chaqirdi

Исроилнинг Европа Иттифоқидаги элчиси Хаим Регев Politico нашрига берган интервьюсида Европа давлатлари Ғазо секторидаги инсон ҳуқуқлари масаласи бўйича Исроилга босим ўтказишдан воз кечиши кераклигини билдирди. Унинг сўзларига кўра, бундай чоралар ЕИнинг Яқин Шарқдаги нуфузини йўқотишига олиб келади.

Rossiyada bir fuqaro nomiga qariyb 3 kg. marixuana pochta orqali keldi

Буюртмани қабул қилиши керак бўлган пятигорсклик эркак жўнатмани олаётганда пайтда ушланган

Eron Isroilning sog‘liqni saqlash muassasalariga qilingan hujumlarini qoraladi

Эрон Ташқи ишлар вазирлиги қуролсизланиш ва қуролларни назорат қилиш бошқармаси директори Ҳайдар Али Балужий 12 кунлик уруш давомида Исроил томонидан Эрондаги вакцина ва дори воситалари ишлаб чиқариш объектлари ҳамда соғлиқни сақлаш марказларига қилинган ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва минтақавий хавфсизликка таҳдид сифатида баҳолади.

Isroil armiyasi jurnalistlar nomlarini yo‘q qilish ro‘yxatiga kiritgani aytilmoqda

Ғазода ишлаётган журналистларнинг айтишича, улар тўғридан-тўғри нишонга олинмоқда ва исмлари Исроил режими армияси рўйхатларига қасддан йўқ қилиш мақсадида киритилган.

Isroil Al Jazeera telekanalining besh xodimini o‘ldirdi

2025 йил 11 август куни Ғазо шаҳридаги “Аш-Шифа” шифохонаси ёнида жойлашган журналистлар чодирига Исроил томонидан уюштирилган зарба оқибатида Al Jazeera телеканалининг 5 нафар ходими ҳалок бўлди.

oshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani ma’lum bo‘ldi

Бозорнинг умумий дўконлар қурилган майдони 20.000 м/кв бўлиб, кўрилган тезкор чоралар натижасида 12.000 м/кв майдонда жойлашган савдо дўконлари ёнғиндан сақлаб қолинган.

Chiroqchida xotin erini qizg‘onib boshqa ayolni do‘pposlab, kiyimsiz qoldirdi

Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.

DXX: MIB xodimiga hukm o‘qildi

Маълум бўлишича, давлат ижрочиси ушбу “хизмати” эвазига муқаддам 450 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм ҳам олган.

Braziliyada avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi, qurbonlar bor

Ҳодиса оқибатида 11 киши ҳалок бўлди. Шунингдек, 45 киши тан жароҳати олди, улардан 12 нафарининг аҳволи оғирлиги айтилмоқда.

Jomboyda yong‘in chiqdi

Ёнғин натижасида “KIA BONGO”, “DAMAS” ва “GENTRA” русумли автомобиллар зарарланган.

Turkiyada kuchli 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Турли шаҳарларда, жумладан, Истанбулда ҳам ер силкиниши сезилган.

Bolgariyada cho‘kib ketgan yigitning jasadi O‘zbekistonga qaytarilmoqda

Болгариянинг Созопол шаҳрида 22 ёшли Ўзбекистон фуқароси украиналик қизни қутқаришга уриниш пайтида сув остидаги қоялар орасида қолиб ҳалок бўлганди.

Болгарияда чўкиб кетган йигитнинг жасади Ўзбекистонга қайтарилмоқда

Болгариянинг Созопол шаҳрида 22 ёшли Ўзбекистон фуқароси украиналик қизни қутқаришга уриниш пайтида сув остидаги қоялар орасида қолиб ҳалок бўлганди.

Машина устида салют учирган блогер 7 суткага қамалди

3 август куни содир бўлган ҳодиса видеолари ижтимоий тармоқларда тарқалган.

Таиландда 30 қаватли минора қулаб тушди

Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.

Қозоғистонда йўқолган вертолёт парчаси ва экипажнинг жасади топилди

Эслатиб ўтамиз, EC-145 вертолёти 25 июль куни бедарак йўқолган

Тошкентда 3 нафар эркак банкоматни ўғирламоқчи бўлди

Ерга тушиб кетган банкомат овози фуқароларнинг эътиборини тортганидан шубҳаланиб, улар шикаст етган банкоматни ташлаб воқеа жойидан қочиб кетишган.

Фарзандлари онасини кўришни истамаган аёл алимент пуллари ундирилди

Олтиариқ туманидаги ҳодиса бизни ачинарли ҳақиқатга яна бир бор тўқнаштиради: онанинг фарзандларини ташлаб кетиши.

Хитой фуқароси АҚШдаги ҳибсхонада ўз жонига қасд қилди

32 ёшли йигит ювиниш хонасида бўйнига осилган ҳолда топилган

2023 йилдан буён Исроил томонидан Ғазога 100 минг тонна бомба ташланди

Сўнгги 24 соат ичида Ғазода Исроил томонидан 100 нафар киши ўлдирилди

Ғазода очликдан ҳалок бўлганлар сони 197 нафарга етди

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги директори Мунир ал-Барш ижтимоий тармоқда маълум қилди.

ҲАМАС: Исроилнинг Ғазо шаҳрини босиб олиш режаси "катта хақ тўлашга олиб келади"

ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.

БМТ инсон ҳуқуқлари комиссари Исроилни Ғазодаги ҳарбий режадан воз кечишга чақирди

Бу ҳақда хорижий ОАВга таянган ҳолда Report нашри хабар берди.

Ҳизбуллоҳни қўлдан қуролсизлантириш — АҚШ ва Исроилнинг найранги

Ямандаги Ансоруллоҳ ҳаракати раҳбари Абдулмалик ал-Ҳуси АҚШ ва Исроилнинг Ливандаги Ҳизбуллоҳ ҳаракатини қуролсизлантириш уринишларини кескин танқид қилди.

Исроил Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини тасдиқлади

Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.

Исроил ваъдасини бузди ва ғазоликларни «секин ўлдириш»да давом этяпти

Исроил Ғазо секторига инсонпарварлик ёрдами ортилган юк машиналарини Европа Иттифоқига ваъда қилганидан тўрт баравар кам киритди. Бу ҳақда Euractiv Еврокомиссия ҳужжатларига асосланиб хабар берди.

Хитойда хавфли вирус тарқалди. Карантин чекловлари жорий қилинди

Хитойнинг Жанубий Фошан провинциясида чикунгуня вируси катта тезликда тарқалмоқда.

Тошкентда 19 ёшли йигит кўчада кийимсиз юргани бўйича маълумот берилди

Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.

Хитойда кўчки остида 14 киши қолиб кетди

Қолган беш кишини қидириш ишлари давом этмоқда.

Ғазода қашшоқлик қурбонлари сони 197 нафарга етди

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги бош директори Мунир ал-Бурш ижтимоий тармоқдаги саҳифасида хабар берди.

АҚШнинг Жоржия штатидаги Форт-Стюарт ҳарбий базасига қуролланган шахс бостириб кирди

Дастлабки маълумотларга кўра, жароҳатланганлар бор, бироқ уларнинг сони ҳозирча номаълум.

Испанияда жазирамадан 1060 киши вафот этди

Испанияда ёзнинг иккинчи иссиқ тўлқини хавфи остида, бу камида кейинги якшанбага қадар давом этиши кутилмоқда.