Yangi xavf: Marburg virusi dunyoda yangi pandemiyaga sabab bo‘lishi mumkin
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yaqin orada sayyoramizda yangi pandemiya paydo bo‘lishi xavfidan ogohlantirdi. Bunga dunyo bo‘ylab Marburg virusi keng tarqalishi sabab bo‘lishi mumkin.
➡️ Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, og‘ir gemorragik isitmani keltirib chiqaruvchi ushbu infeksiyadan o‘lim darajasi o‘ta yuqori — 90 foizga teng.
📌 Hozir Afrika qit’asining Ruanda davlatida mazkur patologiya bilan bog‘liq ko‘plab holatlar qayd etilgan. Olimlar xavfli virus endi Yer yuzi bo‘ylab keng tarqalishidan xavotirda.
🧪 Ma’lum bilishicha, Marburg isitmasi odamlarga ko‘rshapalaklardan yuqishi mumkin. Qolaversa, infeksiyaga chalingan bemorlardan ajraladigan biologik suyuqliklar (qon, tupik, peshob) bilan bevosita aloqa qilish, shuningdek, turli jismlar yuzalari orqali ham faol tarqaladi.
🚫 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Marburg virusi Ebola singari o‘ta yuqumli bo‘lib, hozircha tasdiqlangan davo muolajalari mavjud emas. Qolaversa, bu xastalikka qarshi vaksinalar ham yaratilmagan.
🩺 Kasallik belgilari boshqa tropik isitma patologiyalari bilan o‘xshash. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, alomatlar to‘satdan boshlanadi va bemor yuqori tana harorati, kuchli bosh og‘rig‘i hamda bezovtalikdan aziyat chekadi.
➡️ Mushaklarda og‘riqlar kuchayib, tez-tez sudirgi yuz beradi. Qolaversa, diareya, ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlari ham kuzatilishi mumkin.
‼️ Kasallikning beshinchi kunida ko‘krak, orqa va qorin bo‘shlig‘ida toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. Og‘ir vaziyatlarda esa sakkizinchi-to‘qqizinchi kunga borib o‘lim holati sodir bo‘lishi ehtimoli bor.
🔎 Eslatib o‘tamiz, avvalgi yillarda Marburg virusi Gana va Ekvatorial Gvineya mamlakatlarida ham ro‘yxatga olingan edi.