Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

A A A
Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida mamlakatimizda natijadorlikka yo‘naltirilgan ixcham va professional davlat boshqaruvi tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yangilangan talablar va tamoyillar asosida tashkil etish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–269-son Farmoni bilan vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarni o‘z ichiga oladigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yagona tizimi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari mas’uliyatini oshirish maqsadida respublika va mahalliy darajadagi bo‘g‘inlarning quyidagi funksional chegarasi belgilansin:

a) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:

tegishli sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini ta’minlaydi hamda bu borada mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlaydi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, ularga davlat xizmatlarini ko‘rsatadi hamda hududiy bo‘linmalarning xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va umumlashtiradi;

o‘z tizimiga va tashkiliy bo‘ysunuviga kiradigan ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini baholashning maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilaydi hamda ularga erishish ishlarini muvofiqlashtiradi;

huquqiy tartibga solish funksiyasi doirasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi (vazirlik tizimi yoki tashkiliy bo‘ysunuviga kiradigan ijro etuvchi hokimiyat organlari bundan mustasno) hamda qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi;

joylardagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, o‘z vakolati doirasida huquqiy tartibga solish va nazorat funksiyalarini amalga oshiradi;

tegishli tuzilmalarni malakali kadrlar bilan to‘ldirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

mehnat faoliyatini amalga oshirish va mehnatga haq to‘lashning munosib va adolatli shart-sharoitlarini yaratadi;

b) ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy bo‘linmalari:

tegishli hududda soha bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda belgilab berilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

joylarda ijtimoiy va iqtisodiy holatni tahlil qilgan holda, aholini qiynayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

joylarda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularga davlat xizmatlarini ko‘rsatadi hamda o‘z vakolati doirasida tegishli hududda davlat nazorati tadbirlarini amalga oshiradi.

3. Belgilansinki, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbari vazifasini bajarishi taqiqlanadi;

uyushma va boshqa xo‘jalik birlashmalariga davlat hokimiyati vakolatlarini berish va ularning rahbarlarini Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan lavozimga tayinlash amaliyoti bekor qilinadi.

4. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida tegishli sohaga oid Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:

har bir respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan tegishli sohani rivojlantirish yuzasidan o‘rta muddatli dastur (konsepsiya, strategiya) (keyingi o‘rinlarda – Dastur) ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadi;

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralarga ajratilgan mablag‘larning cheklangan miqdori doirasida kelgusi yillar uchun Dasturda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar asosida sohani yillik moliyalashtirish hajmlari ishlab chiqiladi;

vazirlik va idoralar tomonidan Dasturda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilgan byudjet so‘rovlari bilan xarajatlarning cheklangan miqdori o‘rtasida nomutanosiblik yuzaga kelganda, unga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida aniqlik kiritiladi;

Vazirlar Mahkamasi vazirlik va idoralar kesimida ularga Davlat byudjetidan ajratilishi ko‘zda tutilayotgan mablag‘lar doirasida Dasturda belgilangan maqsadlarga erishish ko‘rsatkichlari belgilanishini ta’minlaydi.

5. Belgilab qo‘yilsinki:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi moliya yilidan boshlab, Davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangandan so‘ng vazirlik va idoralarning xarajatlar smetasini ro‘yxatga olishda mablag‘larni xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalariga ajratmasdan faqat xarajat guruhlari bo‘yicha ajratilishini ta’minlaydi;

vazirlik va idoralar byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi hamda mablag‘larning sarflanishi yuzasidan barcha ma’lumotlarni xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalari kesimida o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida ochiq e’lon qilib boradi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobot beradi.

6. Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining qariyb 5 ming funksiyalari xatlovdan o‘tkazilib, 500 ga yaqin takrorlanadigan, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hamda amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan funksiyalar aniqlanganligini inobatga olgan holda respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reestrini (keyingi o‘rinlarda – Funksiyalar yagona reestri) shakllantirish va uni doimiy yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.

Bunda:

Funksiyalar yagona reestriga kiritilgan har bir funksiya bo‘yicha ularni respublika, viloyat va tuman (shahar) kesimida amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy

va kadrlar resurslari bilan ta’minlanganlik holati aks ettirilsin;

amalga oshirish mexanizmi bo‘lmagan funksiyalarni zarur tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan ta’minlash, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan funksiyalarni esa bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritilsin;

qonunchilik hujjatlari bilan ijro organlariga yuklatiladigan funksiyalar bir vaqtining o‘zida majburiy tarzda Funksiyalar yagona reestriga kiritilib, takrorlanuvchi funksiyalar bekor qilinsin;

funksiyalarni raqamlashtirish va inson omilini qisqartirgan holda avtomatlashtirish yuzasidan takliflar kiritilsin.

7. Belgilansinki:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili respublika byudjetidan respublika davlat boshqaruvi organlariga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlarini belgilashda Funksiyalar yagona reestrida nazarda tutilgan funksiyalar mezon sifatida inobatga olinadi;

Adliya vazirligi tomonidan Funksiyalar yagona reestrini elektron tarzda yuritish imkonini beradigan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi yuritiladi.

Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2023 yil 1 martga qadar Funksiyalar yagona reestrini shakllantirish ishlarini yakunlasin hamda uni yuritish tartibi bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Davlat boshqaruvida ochiqlik darajasini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, raqamlashtirilgan davlat boshqaruvi modeliga o‘tish maqsadida 2023 yil 1 yanvardan boshlab, sinov tariqasida, Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.

Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2023 yil 1 iyunga qadar sinov natijalari bo‘yicha 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilishni joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin.

9. Davlat boshqaruvi apparatini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni maqbullashtirish, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda byudjet mablag‘larining sarflanishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida:

hududlarga xizmat safarlarini qisqartirgan holda joylardagi muammolarni aniqlash uchun “onlayn qabul”, “virtual tashrif“ kabi hududlar bilan ishlashning zamonaviy texnologiyalarga asoslangan masofaviy usullarini qo‘llash tizimi joriy etilsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini avtotransport vositalari bilan ta’minlash me’yorlari rahbar kadrlarning soni qisqartirilishini inobatga olgan holda maqbullashtirilsin;

ijro etuvchi hokimiyat organlari uchun energiya va boshqa resurslarning sarflanishini bosqichma-bosqich, shu jumladan tejamkor texnologiyalarni joriy etish hisobidan kamaytirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni har yili belgilash hamda ajratiladigan byudjet mablag‘larini ularga qarab maqbullashtirish amaliyoti joriy etilsin;

bino va inshootlarni qurish, ta’mirlash va jihozlash (qayta jihozlash) hamda rasmiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha maksimal narxlarni ichiga oluvchi me’yorlarni belgilash, shuningdek, ushbu maqsadlarga sarflangan mablag‘lar yuzasidan hisobotlarni xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalari kesimida e’lon qilib borish tartibi joriy etilsin;

nazorat tadbirlarini o‘tkazishning muqobil shakllari joriy etilishini va ularda jamoatchilik vakillarining ishtirokini ta’minlaydigan tizimni yo‘lga qo‘yish orqali barcha nazorat tadbirlari va ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarning ochiqligi ta’minlansin.

10. Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

“Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul ijrochi bo‘lgan davlat organlarining birinchi rahbarlariga shaxsiy mas’uliyat yuklansin.

11. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalari keng yoritilishini tashkil etsin.

12. Adliya vazirligi bir oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.

13. Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Rossiyada yakun yasaldi: SSSR yo‘q bo‘ldi

Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.

Lavrov "Bunday so‘zlarni aytish uchun surbet odam bo‘lish kerak”

Жумладан, ГФРнинг янги канцлери жаноб Мерцнинг Германия яна Европага раҳбарлик қилиш вақти келгани ҳақидаги нутқи.

Kreml milliardlab topmoqda, Yevropa esa milliardlab sarflamoqda

Россия Европанинг Украинага сарфлайдиганидан кўпроқ даромад олади.

XXR Daniyaga Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatish chaqirig‘iga "shapaloq" bilan javob qaytardi

Хитой Халқ Республикаси Россия билан ҳамкорликдан воз кечиш чақириғига жавобан Данияга "дипломатик шапалоқ" туширди.

Medvedevning xayollari

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

Ruslar Kupyanskni yer bilan yakson qildi

Маъмурият раҳбарининг сўзларига кўра, ҳудудда тахминан 1700 нафар фуқаро қолган.

Durov: "Men rusman!"

Telegram асосчиси айбловларга раддия берди.

Rossiyaliklar Sumiga yorib kirdi, shiddatli janglar davom etmoqda

Қайд этилишича, ҳозирда Россия қўшинлари Беловод ва Локни шаҳарларига босимни давом эттирмоқда, у ерда шиддатли жанглар кетмоқда. Мақсад - "буфер зона" яратиш.

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida qurolli mojaro boshlandi

Бошқа тафсилотлар ошкор этилмади.

Ukraina Rossiyaning muhim harbiy ob’ektlariga zarba berdi

Украина мудофаа кучлари Россия ҳарбий-саноат мажмуаси учун муҳим бўлган объектларга, хусусан, "Радуга" заводига зарба беришга муваффақ бўлди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Prezident uchayotgan samolyot aeroportga qo‘nayotgan paytda halokatga uchrashiga sal qoldi

Нашрнинг ёзишича, самолёт шинаси ёрилиб кетган

Uychi tumani hududida mudhish holat yuz berdi

Улар чинни пиёла-чойнак ишлаб чиқариш корхонасига кетаётган бўлган экан.

Yulduz Usmonovaning konsertidagi tartibsizliklar bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Айни пайтда ҳолат юзасидан терговгача текширув ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Qozog‘iston BRIKSdan yuz o‘girdi: Prezidentdan ochiq bayonot

Тўқаев БРИКСга шубҳа билан қаради.

Abduqodir Husanov sharafiga “AK45” nomli energetik ichimlik ishlab chiqarildimi?

Бироқ футболчининг Инстаграмдаги расмий аккаунти @ak45sila саҳифасига обуна бўлган.

"Bunday holga yo‘l qo‘yganimiz uchun o‘zimizni hech qachon kechira olmasligimiz mumkin"

Ғазонинг жанубидаги Носир шифохонасида кўнгилли бўлиб ишлаган шифокор Христос Георгалас Исроил "болаларга қарши уруш" олиб бораётганини таъкидлади.

2024 yilda Rossiya Mudofaa vazirligi bilan taxminan 400 ming kishi urushga borish uchun shartnoma imzoladi — “Vajniye istorii”

"2024 йилда Россия Қуролли Кучлари билан 374,2 мингдан 407,2 минг нафаргача одам шартнома имзолаган", дея маълум қилди “Важние истории” федерал бюджет харажатлари маълумотларига таяниб.

Rossiya BMTda Ukraina bilan cheksiz urushishga tayyorligini ma’lum qildi

Россиянинг БМТдаги доимий вакили Василий Небензя Москванинг Украинага қарши ҳарбий тажовузни номаълум муддатга давом эттиришга қарор қилганини билдирди.

7 iyun shanba kuni hamma dam oladi

2025 йилда Қурбон ҳайити 6 июнга тўғри келади – Президент қарори эълон қилинди.

Sud Putinni Gitler bilan taqqoslashni taqiqladi

Тақиқ остига Путинга фюрернинг мўйлови ва соч турмаги фотомонтаж қилинган суратлар тушди. Шунингдек, суд "Путлер капут" ёзувларини ҳам тақиқлади.

Xorazmda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar olayotganida ushlandi

ДХХнинг Сирдарё вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ИЖҚКД ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда муҳандис ушбу пул маблағини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

AQSh eng kuchli yadro aviabombasini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

В61-13 нинг қуввати 360 килотоннага етади. Бу АҚШ ядро қурол-яроғидаги энг кучли жанговар бошқисмлардан бири ҳисобланади.

Putin Yaponiya sobiq bosh vazirining bevasini ko‘z yoshlarga botirdi

Россия президенти Владимир Путин Москвада қотилликка учраган Япония собиқ бош вазири Синдзо Абенинг хотини Акиэ Абе билан учрашди.

"Biz Sumi va Xarkov viloyatlarini olamiz"

Россия делегацияси айнан шу сўзларни Истанбулда украиналикларга айтган.

"Odamlar och edi va hamma narsani olib ketishdi"

Кўчирилган фаластинлик эркак Ғазода АҚШ қўллаб-қувватлайдиган янги ёрдам тизими доирасида ёрдам сўраб келган одамларнинг тартибсиз ҳолатини тасвирлаб берди.

NATO–Rossiya urushi bashorat qilindi

АҚШ Ҳарбий-ҳаво кучлари буюртмасига кўра тайёрланган Ранд корпорациясининг янги таҳлилий ҳисоботида НАТО ва Россия ўртасидаги эҳтимолий ҳарбий тўқнашувнинг бориши башорат қилинган.

Putin yaxshi kayfiyatning sirini oshkor qildi

Россия президенти Владимир Путин яхши жисмоний ҳолат ва ташқи кўринишни сақлаб қолиш сирлари ҳақида гапирди.

Qo‘qonda do‘kon oldidagi tortishuv qotillik bilan tugadi – haydovchi 8,5 yilga qamaldi (VIDEO)

Фарғона вилоятида қасддан танишини қайта-қайта босиб кетиб, ўлимига сабабчи бўлган ҳайдовчига суд ҳукми ўқилди.

Tolibonning afyunga qarshi kurashi: muvaffaqiyatga erishish mumkinmi?

Толибон раҳбарияти мамлакатда опиум манбаи бўлган кўкнор етиштиришни қатъиян тақиқлади ва бу борада кескин чоралар эълон қилинди.

Qarshida 1,7 kg. og‘irlikdagi tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Тегишли лицензия ва рухсатномаларсиз заргарлик буюмлари савдоси билан шуғулланаётган мазкур шахсга тегишли автотранспорт воситаси кўздан кечирилганида эса яна 359 дона заргарлик буюмлари борлиги аниқланди.

Koronavirusning yangi to‘lqini tobora kengroq tarqalmoqda

Маълумотларга кўра, Гонконгда кекса ёшлилар орасида ўлим ҳолатлари қайд этилмоқда,

Afrosiyob poyezdi emas, manyovr teplovozi yondi — O‘zbekiston temir yo‘llari

Воқеа жойига етиб келган мутахассислар томонидан ёнғин ўчирилди. Компания ёнғин ҳақида кейинроқ маълумот беришга ваъда берди.

Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5 mlrd. 353 mln. so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi

Таъкидлаш лозимки, сифати кафолатланмаган ушбу дори воситаларининг умумий қиймати 5 млрд. 353 млн. сўмни ташкил этади.

Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyor

АҚШ илгари уранни бойитишни бутунлай тўхтатишни талаб қилган эди, чунки у ядро қуроли яратишда ишлатилишидан хавотирда эди. Теҳрон эса бу айбловларни бир неча бор рад этган.

Argentina prezidenti Xaver Miley AQSh vazirini oltin benzin arra bilan kutib oldi — siyosatda yangi ramz!

27 май куни кечқурун у Аргентинага ташриф буюрди. Музокара давомида Милей ва Кеннеди, жумладан, "сиёсат ва коррупциядан холи бўлган" Жаҳон Соғлиқни Сақлаш Ташкилотига муқобил ташкилот яратиш масаласини муҳокама қилди.

Эрон уранни бойитишни тўхтатишга тайёр

АҚШ илгари уранни бойитишни бутунлай тўхтатишни талаб қилган эди, чунки у ядро қуроли яратишда ишлатилишидан хавотирда эди. Теҳрон эса бу айбловларни бир неча бор рад этган.

Аргентина президенти Хавер Милей АҚШ вазирини олтин бензин арра билан кутиб олди — сиёсатда янги рамз!

27 май куни кечқурун у Аргентинага ташриф буюрди. Музокара давомида Милей ва Кеннеди, жумладан, "сиёсат ва коррупциядан холи бўлган" Жаҳон Соғлиқни Сақлаш Ташкилотига муқобил ташкилот яратиш масаласини муҳокама қилди.

Германия тўғридан-тўғри урушга аралашмоқда

Россия Германиянинг Украина учун ракеталар учиш масофаси бўйича чекловларни бекор қилгани ҳақидаги маълумотларни текширади. Лавровнинг айтишича, Германия тўғридан-тўғри урушга аралашмоқда.

Наркоз остида зўрланган болалар: жарроҳ 20 йилга қамалди

Шифокор 299 нафар беморга нисбатан зўрлаш ва бошқа жинсий зўравонлик ҳаракатларини содир этган, уларнинг 256 нафари 15 ёшдан кичик болалар бўлган.

Трамп Нетаняҳуни огоҳлантирди

Эронга қарши ҳар қандай ҳаракат музокараларни издан чиқариши мумкин.

Путиннинг Украина урушини тўхтатиш учун қўйган қатъий талаблари ошкор бўлди!

Путин Украина урушини тўхтатиш учун Ғарбдан ёзма мажбурият талаб қилмоқда!

“Украина NATO саммитида бўлмаса, Путин ютади”

Украина июн ойида ўтказиладиган NATO саммитида иштирок этиши керак.

Берлиндан "узоқ масофали салом"

Украинада немис қуроллари ишлаб чиқарилади — Германиядан тарихий қадам.

Яқин йиллар ичида Калифорнияда ҳалокатли зилзила юз бериши мумкин

USGS вакили Сара Минсоннинг сўзларига кўра, Сан-Францискода 2055 йилгача Big One деб аталаётган кучли зилзиланинг содир бўлиш эҳтимоллиги 72 фоизга етган.

Францияда эвтаназия ҳақида қонун қабул қилинди

Франция Миллий Ассамблеясининг 305 нафар аъзоси шифокорлар ёрдамида ўз жонига қасд қилишни қўллаб-қувватлаган

Россияда 11 нафар ўзбекистонлик ҳибсга олинди

Шунингдек, воқеа юзасидан қасддан баданга ўртача оғирликдаги тан жароҳати етказиш ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатилган

“Қамчиқ” довонида “Gentra” хандаққа тушиб кетди

Яна бир автомобиль – “Мерседес” ҳайдовчиси бошқарувни йўқотиб, йўл ўртасидаги темир тўсиққа урилган.

SWS3 — Хитойнинг дронларга қарши қўрқинчли жавоби

Хитой дронларга қарши янги зенит-ракета-тўп мажмуасини яратди.

Асирликда ҳалок бўлган 200 нафар аскар: жонлар ҳисобидаги уруш ҳақиқати

Уруш бошланганидан бери Россия асирлигидаги 200 дан ортиқ украиналик аскар ҳалок бўлди.

АҚШнинг режаси бор, аммо у ҳеч кимга маъқул келмаяпти

АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.

Тошкент шаҳрида 800 нафар фуқаро уй оламан деб 200 млрд сўмдан ортиқ пулларидан айрилди

Мазкур жиноят иши доирасида 800 нафар фуқаролар жабрланувчи деб топилган бўлиб, умумий 209 млрд. 263 млн. сўм зарар аниқланган.

Наманганда «Сўнгги қўнғироқ» вақтида қизларнинг сочи ёниб кетди

Қайд этилишича, мазкур ҳолат Наманган вилояти Чортоқ туманидаги 48-умумтаълим мактабида содир бўлган.

Ливерпулда автомобил одамларни босиб кетиши оқибатида 27 киши жароҳатланди

Маҳаллий ҳокимият расмийларининг хабар беришича, қолган жабрланганларга ҳодиса жойида тиббий ёрдам кўрсатилган.

Наманганда дарахтга урилган Nexia-3 ичидаги 19 ёшли ҳайдовчиси билан ёниб кетди

Қутқарув экипажи ҳодиса жойига етиб борган, ёнғин қутқарувчилар ва фуқаролар томонидан ўчирилган.

22 ёшли қизни фоҳишалик учун Россияга жўнатмоқчи бўлган аёл ушланди

Ҳозирда ушбу ҳолат юзасидан “одам савдоси” моддаси бўйича жиноят иши қўзғатилди.