Yangi muftiy nomzodi qachon e’lon qilinishiga aniqlik kiritildi

Yangi muftiy nomzodi qachon e’lon qilinishiga aniqlik kiritildi

Xabaringiz bor, 2006 yildan beri O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan muftiy Usmonxon Alimov hazratlari joriy yilning 15 avgust kuni boqiy dunyoga rihlat qilgan edilar.

Shundan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi lavozimiga kim tayinlanishi (yoki saylanishi) bo‘yicha turli fikrlar bildirildi. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda muftiy lavozimiga ayni paytda Toshkent shahar bosh imom xatibi bo‘lib turgan Nuriddin domla Xoliqnazarovning nomzodi tasdiqlangani yuzasidan turli xabarlar tarqaldi. Diniy idora esa bu kabi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab, muftiy lavozimiga kim saylanishi, jarayon qay tartibda amalga oshirilishi yuzasidan ma’lumot bergan edi.

Mana bir oydirki, Musulmonlar idorasi raisi lavozimiga kim saylanishi, nomzodlar haqida rasmiy ma’lumot berilmayapti. O‘tgan bir oy muddat davomida rasman kim muftiy vazifasini bajaruvchi bo‘lganligi ham oshkor etilmagan. Shu sabab Azon.uz tahririyati bugun yana bir bor Diniy idora bo‘lim boshlig‘i Komiljon Burhonovga murojaat qildi. U kishi mazkur masala hal etilsa, o‘zlari xabar berishlarini ma’lum qildi.

«Duo qilib turinglar. Yangilik bo‘lsa, xabar beramiz», — dedi K. Burhonov.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz musulmonlari uchun muftiy lavozimiga kim saylanishi qiziq va ayni damda muhim sanaladi. Shuningdek, xalq orasida Musulmonlar idorasiga kim rais bo‘lishi yuzasidan turli tahminlar va yolg‘on xabarlar tarqalishini oldini olish uchun ham muftiylikka nomzodlar tez orada e’lon qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb hisoblaymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!