⚡ Yangi diplomatik davr: Kreml birinchi qadamni ochiqladi!

AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi aloqalar kam bo‘lsa-da, ular munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha "yo‘lning boshida" turibdi, deb ma’lum qildi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Bilasizki, ularning telefon orqali muloqotlari tez-tez bo‘lmayapti. Aslida, ushbu prezidentlik davrida ular faqat bir marta telefonda gaplashdi. Biroq, shunga qaramay, bu muloqot va muammolarni hal qilish uchun yetarlicha samarali bo‘ldi. Biz ikki tomonlama munosabatlarimizni qayta tiklash yo‘lining dastlabki bosqichidamiz. Oldinda uzoq va mushkul yo‘l tursa-da, hech bo‘lmaganda ikki prezident shu yo‘nalishda siyosiy iroda bildirdi," - dedi u.
Putin va Trampning telefon suhbati 12 fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Putin va Tramp suhbatining asosiy mavzulari Ukrainadagi urush va Rossiya-AQSh munosabatlaridagi muammolar edi. Davlat rahbarlari shaxsan uchrashishga ham kelishib oldi, ammo hozircha uning sanasi va joyi aniqlanmagan.