YANGI BOG‘CHADA BRITANIYa TA’LIM TIZIMI

YANGI BOG‘CHADA BRITANIYa TA’LIM TIZIMI

Samarqand shahri Masjidi Qo‘ng‘iroqdor mahallasida Britaniya ta’lim tizimi asosida bolalarga ta’lim-tarbiya beruvchi 70 o‘rinli “Red Bridge Preschools» innovasion nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi.“Doktor- M” klinikasi homiyligida barpo etilgan bog‘chada “Early Years Funding Stage” (bolalarni ilk bosqichlarda rivojlantirish) Britaniya usulida bolalar ta’lim oladi.- Britaniya ta’lim tizimi dunyo bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi, - deydi muassasa ish yurituvchisi Laziz Rahmatov. – Biz, turmush o‘rtog‘im bilan 16 yil Buyuk Britaniyada pedagog sifatida faoliyat yuritganmiz. O‘tgan yil yurtimizga kelib, yoshlarning ta’lim-tarbiya olishiga qaratilayotgan e’tibordan ruhlanib, Britaniya ta’lim tizimini milliy an’analarimizga uyg‘unlashtirgan holda yo‘lga qo‘yishga qaror qildik. Bu yerda bog‘cha tarbiyalanuvchilari uch tilda ta’lim oladilar. “Early Years Funding Stage” uslubi “Ilk qadam” dasturiga hamohang bo‘lib, unda barcha mashg‘ulotlar, asosan, bolalar tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiyachilar ularga yo‘nalish beradi. Turli ijodiy va sport mashg‘ulotlari bolalarning aqliy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Muassasada shaxmat, sport gimnastikasi, zamonaviy raqs, tasviriy san’at, aktyorlik mahorati, xor ijrochiligi to‘garaklari mavjud. Zamonaviy jihozlangan xonalarda bolalar haqiqiy Britaniya tizimini his etadi. Tarbiyalanuvchilar  keytring usulida ovqatlantiriladi.

Shuningdek, Samarqand shahar "Alisher Navoiy" mahallasida rus tiliga ixtisoslashgan “Tridevyatoye sarstvo» nomli 50 o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bolajonlarni o‘z bag‘riga oldi.

Tadbirlarda viloyat maktabga ta’lim boshqarmasi boshlig‘i N.Sadinova ishtirok etdi.

Bugungi kunda Samarqand shahrida 20 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritib, yil yakuniga qadar ular sonini 30 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!