Yandex Go endi naqd shakldagi to‘lovlarda ham chek beradi

Yandex Go  endi naqd shakldagi to‘lovlarda ham chek beradi

Davlat soliq qo‘mitasi Yandex Go yo‘lovchilarga naqd puldagi to‘lovi uchun elektron chek berishni boshlaganini ma’lum qildi. Qo‘mitaga ko‘ra, onlayn-taksi agregatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integrasiyalashganidan keyin yo‘lovchi tashish dinamikasi Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida aks etmoqda.

“O‘tgan yilning dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 mln tashuvlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish faoliyati 80,1 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan amalga oshirilgan. Joriy yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 mlnga yetdi. Tashish xizmatlari 113,5 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan ko‘rsatildi.

Soliq qo‘mitasi boshqa onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlari bilan integrasiyalashuvini ta’minlash va to‘lov shaklidan qat’i nazar, yo‘lovchilarga chek berish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq Yandex Go xizmati Soliq qo‘mitasining talabi bilan O‘zbekiston rezidentiga aylanib, qonunchilikda belgilangan barcha soliqlarni to‘lay boshlagani, shu bilan bir paytda haydovchilardan oladigan xizmat komissiyasini oshirgani xabar qilingan edi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!