Yandeks Toshkentda yangi xizmatni ishga tushirdi

Yandeks Toshkentda yangi xizmatni ishga tushirdi

Toshkentda "Yandeks. Mahalla" xizmati ishga tushdi. Ushbu o‘ziga xos ijtimoiy tarmoq orqali poytaxt aholisi internet-maydonda o‘z mahalla yangiliklari, muammolari va hodisalarini muhokama qilishlari mumkin.

"Yandeks. Mahalla" - bu O‘zbekistonga moslashtirilgan xizmat, Rossiyada “Tuman (Rayon)” deb ataladi.

O‘zbekiston Rossiyadan tashqarida xizmatni joriy etilgan birinchi davlat bo‘ldi.

"Bizningcha, Toshkentda ham xizmat ommalashadi va qo‘shnilar onlayn suhbatlarining asosiy joyiga aylanadi", - deydi "Yandex.Tuman" xizmati rahbari Tatyana Gorelik.

"Yandex.Tuman" (Yandex.Rayon) 2016-yilda paydo bo‘lgan va hozirda unda o‘ndan ortiq shahar aholisi gaplashmoqda: Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnodar va boshqalar.

Xizmatning oy davomidagi auditoriyasi 3,5 million foydalanuvchidan ortadi.

Manba: darakchi. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!