Yana ikki davlatni chigirtka bosdi

Yana ikki davlatni chigirtka bosdi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti 2020 yilda chigirtkalar bosqiniga qarshi choralar ko‘rilganiga qaramay, bu hasharotlar qishloq xo‘jaligi uchun yanada ko‘proq xavf tug‘dirayotganini ma’lum qildi.

Ob-havoning qulay kelishi va mavsumiy yog‘ingarchilikning mo‘l bo‘lishi Efiopiyaning sharqida va Somalida chigirtkalarning ko‘payib ketishiga olib kelgan. Yaqin oylarda Qizil dengiz sohillaridagi hududlarda chigirtkalar yanada ko‘payishi taxmin qilinmoqda.

“Mintaqa uch yildan beri qurg‘oqchilikdan qiynalayotgan edi, shundan keyin kuchli yog‘ingarchiliklar va suv toshqinlari kuzatildi, COVID-19 bilan vaziyat tobora og‘irlashdi. Chigirtkalar esa qo‘shimcha shok bo‘ldi, ular oziq-ovqat xavsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirishi mumkin, – deydi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti vakili Keyt Kressman. – Bir kvadrat kilometr maydondagi chigirtka bir kunda 35 ming kishi yeydigan ovqatni yeb qo‘yishi mumkin”.

Ayni paytda chigirtkalar Saudiya Arabistoni, Eritreya, Sudan va Yamanda ham muammo tug‘dirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!