Yana bir davlat Rossiyaga viza berishni to‘xtatdi

Yana bir davlat Rossiyaga viza berishni to‘xtatdi

Latviya xalqaro vaziyat tufayli Rossiya fuqarolari uchun vizalar berishni noma’lum muddatga to‘xtatdi, deb xabar qildi respublikaning Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi.

“Xalqaro vaziyat tufayli Latviya Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi noma’lum muddatga Rossiya Federasiyasi fuqarolari uchun viza olish uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatdi”, — deyiladi xabarda.

Xuddi shunday e’lon Latviya vizasiga murojaat qilish markazining veb-saytida ham paydo bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!