Yana 8 nafar: Buxoroda 3 yashar go‘dak koronavirusni yengdi

Yana 8 nafar: Buxoroda 3 yashar go‘dak koronavirusni yengdi

Bugun Buxoro viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Buxoro viloyatida tuzalganlarning barchasi ushbu hududdan (5 nafari Buxoro shahridan, 1 nafardan Kogon va G‘ijduvon tumanlaridan) bo‘lib, barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52, yoshi kichigi esa 3 yoshda.

Buxoro viloyatida shu paytga qadar 433 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 440 nafarga yetdi. Ayni paytda shifokorlar viloyatdagi 2 nafar bemorga tegishli standartlar bo‘yicha davo choralarini ko‘rishmoqda.

Andijon viloyatida sog‘aygan 42 yoshli erkak Paxtaobod tumanidan bo‘lib, uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisidir.  Viloyatda shu paytga qadar 162 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 163 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2221 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!