Yadro quroli Belarus tomon harakat qilishni boshladi — Lukashenko

Yadro quroli Belarus tomon harakat qilishni boshladi — Lukashenko

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyadan Belarus hududiga yadro qurolini ko‘chirish boshlanganini ma’lum qildi.

"Belorusda ularni saqlash joylari va boshqalarni tayyorlash kerak edi. Biz bularning barchasini qildik. Endi yadro qurollarini olib kelish harakati boshlandi", - deb uning so‘zlarini keltiradi Sputnik Belarus.

Lukashenko aytishiga qaraganda, bu jarayon Moskva bilan Belarusda taktik yadro qurollarini joylashtirish bo‘yicha kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. Lukashenko mamlakatga qaytgach, yadro quroli allaqachon respublikada bor-yo‘qligiga aniqlik kiritishga va’da berdi. Ayni dama Belarus yetakchisi YEOII Oliy kengashi majlisida ishtirok etish uchun Moskvada bo‘lib turibdi.

Jurnalistlar oldida Belarus yetakchisi mamlakatga olib kelinayotgan Rossiya yadro qurollari xavfsizligini kafolatladi.

"Bu masala hatto muhokama qilinmaydi. Yadro quroli haqida qayg‘urmang. Biz bunga javobgarmiz. Bu jiddiy masalalar. Bu yerda hammasi joyida bo‘ladi", - deb ishontirdi Lukashenko

.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!